calendar 26 Jul 10:20
eye 31
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

image

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi. 

Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “Muruvvat” internat uyi, Andijon tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyiga amalga oshirilgan monitoringlar davomida 3 nafar xodimi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 35 nafar xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan va 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani 2-son ruhiy asab kasalliklari dispanseri va Farg‘ona viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasining 6 nafar, Qashqadaryo viloyatidagi shahar, tuman vaqtincha saqlash hibsxonalarida faoliyat yurituvchi 9 nafar ichki ishlar organlari  xodimlariga nisbatan intizomiy  jazo chorasi qo‘llanilgan. Andijon viloyati Psixonevrologiya dispanserining 1 nafar xodimi ishdan bo‘shatilgan.

Ombudsman nomiga 2024 yil 1-yarim yilligida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi yuzasidan 95 ta shikoyat kelib tushdi. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning shu davrida 125 tani tashkil etgan.

Shikoyatlarning 8 tasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar Ombudsman murojaatiga asosan yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilishi belgilangan. 35 tasi esa o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari hamda prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra o‘z tasdig‘ini topmadi. Ombudsmanning nazorat xatiga ko‘ra, 1 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

52 ta shikoyat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 22:59
 
75
0
qalampir.uz

O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi

O‘zbekiston 2024 yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)dan chetlatilib, olimpiadada ishtirok etgan barcha o‘quvchilarning natijalari bekor qilindi. Shuningdek, IBO'ga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborildi. Bu haqda Xalqaro biologiya olimpiadasi tashkiloti xabar berdi.  Bu qaror IBO boshqaruv kengashi tomonidan qabul qilingan va bunga O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan qoidalarga rioya qilinmaganligi sabab bo‘lgan. Bu esa respublikaning kelgusidagi ishtirok

26 Jul 16:29
 
74
0
xs.uz

Raqobat qoʻmitasi YHXBB oʻtkazgan tenderni haqiqiy emas deb topdi. Endi nima boʻladi?

Maʼlum boʻlishicha, qoʻmitaga YHXBB tomonidan 2024-yil 10-iyunda boshlangʻich qiymati 26 milliard 500 million soʻm boʻlgan tender savdolari yuzasidan murojaat kelib tushgan. Qoʻmita tomonidan murojaatga asosan olib borilgan oʻrganishlarda tender savdolari yoʻl belgilari uchun boʻyoqlar va shisha mahsulotlarni xarid qilish uchun oʻtkazilgani aniqlangan.Ishni koʻrib chiqish natijasida, 'Raqobat toʻgʻrisida'gi Qonunining 29-moddasi talablari buzilgan deb topilib, Oʻzbekiston Respubli

27 Jul 19:32
 
64
0
xs.uz

Hafta boshida ham issiq ob-havo saqlanib qoladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, 29-iyulda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 30-31-iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-iyulda +20html5-dom-document-internal-entity1-hellip-end+25 daraja, 30-31-iyulda +18...+23 daraja, ku

26 Jul 10:20
 
32
0
qalampir.uz

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand modda saqlagan erkak ushlandi

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan. Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan qu