calendar 26 Jul 10:20
eye 30
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand modda saqlagan erkak ushlandi

image

Jizzaxda uyida qurol va giyohvand moddalar saqlagan 58 yoshli erkak ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida yashovchi 58 yoshli fuqaro yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaligida sport quroli saqlayotgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida ushbu shaxsning xonadonidan quroldan tashqari, elektron kastet, javonda 13,8 gramm, cho‘ntaklarida jami 65 gramm “Marixuana” saqlayotgani ma’lum bo‘lgan.

“Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda tergovga qadar tekshiruvlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 3 dona “Makarov” va 1 dona TT pistoleti hamda o‘q-dorilar noqonuniy muomaladan olingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
36
0
xs.uz

Sud “Navoiyazot”ning Raqobat qoʻmitasi qarori ustidan shikoyatini rad etdi

Qoʻmita tomonidan mineral oʻgʻitlar bozorida ustun mavqega ega boʻlgan 'Navoiyazot' AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida narx manipulyatsiyalari holatlari aniqlangandi.'Navoiyazot' AJ tomonidan mazkur qaror va koʻrsatma ustidan Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudiga shikoyat qilingan boʻlib, mazkur qaror va koʻrsatmani haqiqiy emas deb topish soʻralgan.Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2024-yil

15 Jul 12:03
 
58
0
qalampir.uz

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan mansabdorlar ushlandi

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi mansabdorlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat ko

18 Jul 12:04
 
116
0
xs.uz

Sel-suv toshqini oqibatlari bartaraf etilmoqda

' Koʻprik qulashi natijasida unga yondosh boʻlgan ichimlik suv quvuri ham uzilib ketgan, ' deydi 'Andijon suv taʼminoti' AJ bosh muhandisi Humoyun Alimov. ' Oqibatda Jalaquduq tumanidagi Beshtol, Hamza, Tosh hovuz, Xoʻjaobod tumanidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi salkam 20 ming nafarga yaqin aholiga xizmat koʻrsatish sifati pasaygan. Ayni paytda qayta quvur tortish ishlari olib borilmoqda. Qurilish ishlari tez orada yakuniga yetgach, taʼminot toʻliq tiklanadi. Unga qadar mahallalarga

17 Jul 18:33
 
75
0
xs.uz

Samarqandda Oʻzbekiston—Qirgʻiziston rektorlarining II forumi oʻtkazildi

' Forumning asosiy maqsadi yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimining barqaror rivojlanishiga erishish, ' dedi Oʻzbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov. ' Mehnat bozorida eng koʻp talab qilinadigan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlashda universitetlarning oʻzaro aloqalari yanada kengaydi.Qirgʻiziston taʼlim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva birgalikdagi saʼy-harakatlar oliy taʼlim va ilm-fan sohasida yangi muvaffaqiyat