Samarqandda Oʻzbekiston—Qirgʻiziston rektorlarining II forumi oʻtkazildi
Qirgʻiziston taʼlim va fan vaziri Dogdurkul Kendirbayeva birgalikdagi saʼy-harakatlar oliy taʼlim va ilm-fan sohasida yangi muvaffaqiyatlar olib kelishiga ishonch bildirdi.
Xalqaro anjuman doirasidagi muzokaralarda 'Taʼlimni boshqarish sifatini oshirish', 'Tibbiy taʼlim sohadagi yangi texnologiyalar', 'Raqamlashtirish va sunʼiy intellekt: oliy taʼlimning ishlab chiqarishga transformatsiyasi' mavzularidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Oʻzaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan oʻzaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan qator anglashuv memorandumi, bitim va 'Yoʻl xarita'lari imzolandi.
Ikki kunlik Forum yakunida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi rezolyutsiyasi qabul qilindi. Shuningdek, anjuman doirasida Qirgʻiziston taʼlim va fan vaziri boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni roʻyxatga olish boshlandi
2025-2026-oʻquv yilida Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni roʻyxatga olish boshlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy
Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga yetib bordi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi.'Vnukovo' aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Ertaga, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.
9-oktyabr – Butunjahon pochta kuni
Gʻ. OTAJONOV/'Xalq soʻzi'.'Shveysariya poytaxti Bern shahrida 1874-yil 9-oktyabr kuni Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan. Ushbu xalqaro tashkilotning 1969-yili Tokio shahrida boʻlib oʻtgan navbatdagi Kongressida 9-oktyabr ' Butunjahon pochta kuni deb rasman eʼlon qilingan.1994-yili Oʻzbekiston Respublikasi Butunjahon pochta ittifoqiga toʻla huquqli aʼzo davlat sifatida qabul qilinib, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlari bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amal
Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi
7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk