calendar 26 Jul 10:19
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

image

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan.

XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi:

1. Jon Jons (27-1-0-1);

2. Jorj Sent-Per (26-2);

3. Anderson Silva (34-11-0-1);

4. Demetrius Jonson (33-4-1);

5. Habib Nurmuhammedov (29-0);

6. Fyodor Yemelyanenko (40-7-0-1);

7. Rendi Kutyur (19-11);

8. Chak Liddell (21-9);

9. BJ Penn (16-14-2);

10. Kamaru Usmon (20-4).

Qayd etish joiz, o‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Jon Jons mashg‘ulotlardagi sparring paytida jiddiy jarohat olgandi. Uning tiklanishi sakkiz oygacha davom etishi mumkin. Mashhur sportchi professional darajada 29 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, bahslarining 27 tasida g‘alaba qozongan, 10 tasida raqiblarini nokautga uchratgan va bir marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. O‘tgan yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangda Jon fransiyalik Siril Ganni mag‘lub etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:37
 
17
0
postda.uz

SOG'LOM HAYOT UCHUN

Osoyishtalik posbonlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish hamda ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan ham muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borilmoqda.

03 Sep 21:36
 
39
0
xs.uz

Bobur Omonov – ikki karra Paralimpiya oʻyinlari chempioni!

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida qatnashgan hamyurtimiz Bobur Omonov 14.32 metr natija qayd etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.Eʼtiborlisi, vakilimiz ushbu natijasi orqali oʻzi tomonidan 2021-yil Tokioda oʻrnatilgan Paralimpiya oʻyinlari rekordini ham yangiladi.Maʼlumot uchun, Bobur Omonov bundan avval 'T

09 Oct 12:37
 
12
0
postda.uz

SOG'LOM HAYOT UCHUN

Osoyishtalik posbonlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish hamda ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan ham muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borilmoqda.

26 Aug 12:29
 
79
0
xs.uz

Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urdi. Italiyaliklar futbolchini “Oʻzbek Messi”si deb atamoqda (+video)

Italiya poytaxtidagi 'Olimpiko' stadionida futbol boʻyicha Italiya chempionatining 2024/2025-yilgi mavsumi 2-tur uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 'Roma' va 'Empoli' klublari toʻqnash keldi.Unda 'boʻrilar' sharmandali magʻlub boʻldi. Birinchi boʻlim oxirida 'Empoli' hujumchisi Lorenso Kolomboning uzatmasidan keyin Emmanuel Gyasi boshi bilan toʻpni darvozaga kiritdi. Ikkinchi gol esa uchrashuvning 61-daqiqasida Kolombo penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.Hamyurt