calendar 26 Jul 10:19
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi.

Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vahshiylik o‘rtasidagi, hayot muqaddas bo‘lganlar va o‘limni ulug‘laydiganlar o‘rtasidagi to‘qnashuv”.

Uning da’vo qilishicha, Isroil nafaqat o‘ziga, balki AQSH va arab dunyosiga ham tahdid solayotgan terrorizmga qarshi urush olib bormoqda.

“Eron ham HAMAS, ham Livanning “Hizbulloh” guruhi va Yaman husiylari ortida turibdi”, deydi Isroil Bosh vaziri.

U Tehrondagi hukmron rejimni Yaqin Sharq va butun dunyo xavfsizligiga asosiy tahdid deb atadi. Isroil Bosh vaziri Falastin tarafdorlarining namoyishlarida qatnashganlarni – shunday namoyishlardan biri Vashingtondagi Kongress binosi oldida Netanyaxu u yerda nutq so‘zlaganida bo‘lib o‘tdi – “zo‘rlovchilar va qotillar tomonidagi” “Eronning foydali ahmoqlari” deb atadi.

Shuningdek, Netanyaxu Isroil zarbalari G‘azo sektoridagi tinch aholiga qaratilgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. 

“Isroil armiyasi Falastinlik tinch aholiga zarar yetkazmaslik uchun millionlab varaqalarni tashladi, millionlab SMS yubordi, yuz minglab telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirdi”, deya iddao qildi Bosh vazir. 

AQSH qonunchisi Rashida Tlaib Netanyaxuning Kongressdagi nutqi vaqtida “harbiy jinoyatchi” degan yozuvni ko‘tarib turdi. Nutq yakunida o‘rnidan turib, Netanyaxuni olqishlagan kongressmenlardan farqli o‘laroq, o‘tirib o‘z noroziligini bildirdi.

Ma’lumot uchun, 20 may kuni Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon Binyamin Netanyaxu va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantni Falastin hududida urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblab, hibsga olish uchun order berishni talab qildi. Uning aytishicha, Netanyaxu va Galant “Falastin tinch aholisiga qarshi keng ko‘lamli va tizimli hujumlar” uchun mas’uldir”.

Shu bilan birga, u HAMASning uch yetakchisi: Yahyo Sinvar, Muhammad Al-Masri va Ismoil Xoniyani hibsga olish uchun order berdi. Ular, shuningdek, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, jumladan, qotillik, garovga olish, jinsiy zo‘ravonlik va qiynoqlarda ayblanmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Polsha Xitoyga eksport yo‘lini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qildi – “Bloomberg”

Polsha hukumati Belarus bilan chegaradagi migratsiya inqirozining kuchayishini sekinlashtirish uchun Xitoydan Belarusga bosim o‘tkazish uchun foydalandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Polsha Prezidenti Anjey Duda iyun oyi oxirida Pekinga tashrifi chog‘ida Xitoydan Yevropaga migratsiya va tovarlarni mamlakat orqali olib o‘tish masalalarini ko‘targan. Xususan, “Malashevich” nazorat-o‘tkazish punk

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Eronning sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodga nisbatan joriy yilning 15 iyul kuni suiqasd uyushtirilgani va u muvaffaqiyatsiz tugagani haqida xabarlar ochiqlandi. Bu haqda “Iran International” ma’lum qildi. Shu kuni kechqurun Ahmadinajod va uning hamrohlari Muharram diniy motam marosimi uchun Zanjon shahriga yo‘l olgan. Sobiq prezidentning bosh xavfsizlik xodimi Ahmadinajodning asosiy avtomobili – Toyota Land Cruiser'ni ko‘zdan kechirgan va hali ham ishlamay qolga

20 Jul 19:38
 
76
0
xs.uz

Dunyo boʻylab vabo kasalligi tarqalish xavfi ortmoqda — JSST

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan va ulardan 2 137 nafari vafot etgan. Birgina iyun oyida 18 mamlakatda yashovchi 40,5 ming nafardan koʻproq bemorda mazkur xastalik aniqlangan. Ularning 166 nafari epidemiya oqibatida hayotdan koʻz yumgan.Aksariyat vabo oʻchoqlari, yaʼni 32,5 mingga yaqin yangi kasallanish holatlari Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida roʻyxatga olingan. Afgʻo

20 Jul 21:01
 
83
0
xs.uz

Moʻjizaviy Bodrum: Dam olishga borishingiz uchun sabablar

Ajoyib plyajlarBodrum oʻzining shishadek tiniq koʻrfazlari bilan mashhur. Shaffof dengizi, oq qumli plyajlari va koʻk bayroqli qoʻltiqlari bilan dengiz sevuvchilarni lol qoldirib kelmoqda. Bitez, Gumushluk, Turkbuku va Yalikavak Bodrumdagi eng mashhur plyajlar qatoriga kiradi. Ushbu plyajlarda quyosh botishini tomosha qilish, suzish va suv sporti bilan shugʻullanish mumkin.Mazali taomlar Bodrum oshxonasi Egey va Oʻrta yer dengizi lazzatlarining kombinatsiyasidir. Yangi dengiz mahsulotla