calendar 20 Jul 17:30
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Islom hamkorlik tashkiloti BMT sudining Falastin bo‘yicha qarorini olqishladi

image

Islom hamkorlik tashkiloti, Falastin va ularning rasmiylari BMT Xalqaro sudining Isroilning Falastin hududini bosib olishi noqonuniy ekanligi va zudlik bilan tugatilishi kerakligi haqidagi sud xulosasini olqishladi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

 “BMT sudining  xulosasi adolat va xalqaro qonuniylikning g‘alabasi, shuningdek, Falastin xalqining qonuniy huquqlarining tasdig‘idir”, deyiladi IHT bayonotida.

Falastin Tashqi ishlar vazirligi bu qarorni "adolatning g‘alabasi va Isroil parlamenti tomonidan qabul qilingan so‘nggi rezolyutsiya bilan Isroilning ishg‘olini qo‘llab-quvvatlovchi va Falastin davlatini yaratishni rad etuvchi Amerika siyosatini rad etish" deb atadi.

 FATH harakati esa BMT sudi qarorini misli ko‘rilmagan deb hisoblaydi. 

"BMT sudi Falastin xalqining da’vo muddatiga bog‘liq bo‘lmagan huquqlarini, eng muhimi, poytaxti Quddusda bo‘lgan mustaqil va suveren davlat qurish huquqini tasdiqladi, bu Isroil va uning ittifoqchilariga zarba", deya ta’kidlaydi harakat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro sud Isroilning turarjoy siyosatini xalqaro qonunlarga zid deb topgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 17:08
 
85
0
xs.uz

Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

Hindiston gʻarbidagi Gujarat shtatida 50 kishi xavfli Chandipura virusini yuqtirib olgan.Shtat sogʻliqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, u bilan zararlangan 16 kishi hayotdan koʻz yumgan. Boshqa shtatlarda ham uchta holat qayd etilgan.Patelning qoʻshimcha qilishicha, virus haqidagi maʼlumotlar Gujaratdagi barcha qishloqlar va sogʻliqni saqlash markazlariga yetkazilgan.Chandipur virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. U Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qishloq sharafig

03 Sep 21:35
 
17
0
xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

19 Jul 21:29
 
78
0
qalampir.uz

Rossiyada WSJ muxbiri 16 yilga qamaldi

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. "Gershkovich Evan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tashga tayinlansin", deyiladi sud hukmida. “Wall Street Journal” muxbiri Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan josuslik ishi bo‘yicha hibsga olingan. Avvalroq prokuratura unga