calendar 20 Jul 11:00
eye 182
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Moped, skuter va 103 mashinalari uchun alohida davlat raqamlari joriy etilmoqda

image

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtomobillari, elektromototsikl, moped va skuter uchun alohida davlat raqam belgilari joriy etiladi. Bu haqda joriy yilning 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra:

  • Yo‘l harakati qoidalariga elektromototsikl, skuter va individual harakatlanish vositalarida harakatlanish tartibini, ularning tushunchalarini hamda ushbu transport vositalari bilan bog‘liq yo‘l belgilari kiritiladi;
  • elektromototsikl, moped va skuterlarni boshqarish uchun yosh chegarasini hamda haydovchilik guvohnomasini olish tartibi belgilanadi;
  • avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha ulardan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan amaliy imtihonlar olish tashkil etiladi;
  • tez tibbiy yordam avtomobillari hamda elektromototsikl, moped va skuterlar uchun alohida farqlovchi davlat raqam belgilari joriy etiladi.

Raqamlarni berishda ba’zi o‘zgarishlar kiritilmoqda. Agar XIE tipidagi raqam (yashil fonda hudud kodi bilan ikki qatorli belgi) ilgari mototsikllar, skuterlar va elektr skuterlar uchun chiqarilgan bo‘lsa, endi u elektromototsikllar uchun beriladi. elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan ortiq, biroq 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (to‘rt) g‘ildirakli bo‘lgan kvadrotsikl (kvadrotsikl), tritsikl hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishiga moslashtirilgan boshqa transport vositalari skuterlarga tenglashtirildi. Skuterda harakatlanayotgan haydovchi hamda yo‘lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda avtomobil raqamlari endilikda tasodifiy tanlash yo‘li bilan berilishi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
49
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur

16 Apr 09:11
 
26
0
xs.uz

Orolbo‘yi hududini obodonlashtirish maqsadida 3 ming tupdan ortiq daraxt ko‘chatlari ajratildi

Mazkur tashabbus Qoraqalpog'iston Respublikasining Amudaryo viloyatida o'rmon va bog' ko'chatlarini kengaytirish, Orolbo'yi hududining ekologik barqarorligini mustahkamlash va iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan.Ta'kidlash joizki, jadallashtirilgan sanoatlashtirish, urbanizatsiya va iqlim o'zgarishi sharoitida aholi punktlarini ko'kalamzorlashtirish va yashil hududlar ulushini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Tabiiy resurslarni barq

12 Apr 21:14
 
37
0
xs.uz

Fargʻonada “Moskvich” kanalga tushib ketdi (+video)

Bugun, 12-aprel kuni Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hududidan oqib oʻtuvchi kanalga 'Moskvich' rusumli avtomobil haydovchining boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida tushib ketgan.Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati FVBga '112' qisqa raqami orqali amaliy yordam kerakligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.Murojaatga asosan, hududiy Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va ularning tezkor harakatlari natijasida avtotransport vositasi suvdan chiqari

24 Mar 13:25
 
63
0
xs.uz

“Oʻrik gullaganda” festivali tabiat qoʻynidagi maroqli sayr sifatida nishonlandi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Oltiariq tumanidan soʻng Rishton va Oʻzbekiston tumanida ham 'Oʻrik gullaganda' deb nomlangan yoshlar ijodiyoti festivali boʻlib oʻtdi.Rishton tumani 'Qalaynav' mahallasidagi bogʻlarda oʻtkazilgan tadbirda viloyatning shahar-tumanlaridan tashqari, Hindiston, Pokiston va Erondan kelgan sayyohlar ham ishtirok etdi. Festival doirasida milliy oʻyinlar, folklor jamoalari chiqishlari, sanʼatkor va hunarmandlar asarla