calendar 19 Jul 17:35
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Netanyaxu Rafahga bordi (video)

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga bordi. Bu haqda Bosh vazir maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.

Netanyaxu Isroil armiyasining 162-diviziyasi joylashgan hududga tashrif buyurdi, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi va Isroilning Filadelfiya koridori deb ataladigan hududni - G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegaradagi hududni va Rafah nazorat-o‘tkazish punktini nazorat qilishi anklavdagi operatsiyani “davomi uchun global ahamiyatga ega” ekanini aytdi.

Bosh vazirning aytishicha, faqat HAMAS harakatiga harbiy bosim o‘tkazish anklavda garovga olinganlarni ozod qilishga yordam beradi.

Rafah nazorat-o‘tkazish punkti Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi yagona nazorat punkti hisoblanadi. Gumanitar yordamning asosiy qismi anklavga u orqali kirgan. May oyi boshida Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoridan o‘tish joyi ustidan nazorat o‘rnatgan edi. Bunga javoban Misr hukumati Isroil bilan gumanitar yordam jo‘natishini muvofiqlashtirishdan bosh tortdi.

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil va HAMAS harakati o‘rtasida urush davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
43
0
xs.uz

Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi

Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel

13 Jun 00:39
 
89
0
xs.uz

“Mers Trampning kodini topdi” — Germaniya kanslerining Vashingtonga tashrifi muhokamalarga sabab boʻlmoqda

Germaniya kansleri Fridrix Mersning Vashingtonga birinchi tashrifi AQSH matbuoti tomonidan ijobiy reaksiyaga sabab boʻldi.Germaniya kansleri Fridrix Mersning Vashingtonga ilk tashrifi AQSH matbuotida ijobiy munosabat bilan kutib olindi. 'The New York Times' gazetasi 'Mers Trampning kodini topdi' ' uning tashqi koʻrinishi, ajoyib ingliz tili va biznes tajribasi AQSH prezidentini shu qadar hayratda qoldirdiki, u uni 'Germaniyaning eng yaxshi imijining timsoli' sifatida koʻrdi' deya yozdi.Shunin

31 May 08:50
 
123
0
xs.uz

AQSH sudi Tramp qoʻygan bojlarni toʻxtatish haqida qaror chiqardi

Sud qaroriga koʻra, Tramp bu tariflarni joriy etar ekan oʻz vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Maʼmuriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak.Uch nafar sudyadan iborat hayʼat qarorida aytilishicha, u 1977-yildagi Xalqaro favqulodda iqtisodiy vakolatlar toʻgʻrisidagi qonunga asoslanib, AQSHda favqulodda holat eʼlon qilib, katta tariflar joriy qilgan vaqtida oʻz vakolatlaridan chetga chiqqan.Shuningdek, AQSH Konstitutsiyasiga koʻra, Kongres

04 Jun 02:45
 
34
0
xs.uz

Pokistonda zilzila vaqtida 200 dan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketdi

Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida favqulodda holat yuz berdi. 2-iyun kuni 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.Shu kuni yer silkinishlari sababli Malir qamoqxonasida mahbuslarga kameralarini tark etishga ruxsat berilgan. Shu sababli, 6000 dan ortiq odam saqlanadigan qamoqxonada muammolar kelib chiqqan. Tartibsizliklardan foydalangan mahbuslar qochib ketishga muvaffaq boʻlishgan.Qochib ketgan 216 nafar mahkumlarning 80 ga yaqini allaqachon