calendar 18 Jul 22:19
eye 133
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqandda 11 ta tuman va shahar hokimliklari qabul qilgan hujjatlar qonun talablariga zid ekani aniqlandi

image
Qayd etilishicha, 2024-yil II chorak yakunida Raqobat qoʻmitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatidagi tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini 'Raqobat toʻgʻrisida'gi qonun talablariga mosligi hamda raqobatni rivojlantirishga toʻsqinlik qiladigan hujjatlarning qabul qilinishi yuzasidan oʻrganish ishlari oʻtkazilgan.

Oʻrganishlar davomida Samarqand viloyatidagi tuman va shahar hokimliklari (Ishtixon, Payariq, Past Dargʻom, Toyloq, Qoʻshrabot, Samarqand, Urgut, Jomboy, Kattaqoʻrgʻon, Narpay va Kattaqoʻrgʻon shahar) tomonidan qabul qilingan normativ tusdagi hujjatlar 'Raqobat toʻgʻrisida'gi qonunining 22-moddasi talablariga zid ravishda qaror, buyruq va farmoyishlar qabul qilishda, shartnomalar tuzishda ustunlik berishda, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar belgilashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlangan.

Oʻrganish ishlari natijalariga koʻra, hududiy boshqarma tomonidan shahar va tuman hokimliklariga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida tegishli taqdimnomalar berilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
52
0
xs.uz

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024 yil 18 aprel) ratifikatsiya qilish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi.O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, ya'ni qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilash, do'stona muhitni mustahkamlash hamda o'zaro hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish masalalari alohida o'rin tutadi.

19 Feb 00:20
 
26
0
xs.uz

“Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalariga start berildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqand shahridagi Yoshlar markazida 'Besh tashabbus olimpiadasi' musobaqalarining 2025-yilgi mavsumi ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.Ushbu marosimda viloyat hokimi oʻrinbosari H. Toʻxtayev, viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Sh. Roʻziyev, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshligʻi S. Boboyev hamda hamkor tashkilotlar vakillari, sport, taʼlim muassasalari mutaxassislari, murabbiylar, yoshlar va sportchilar ishtirok etish

31 Jan 15:20
 
92
0
xs.uz

Andijonda fevral oyi “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb eʼlon qilindi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda yashab ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar, maʼnaviyat maʼnaviyat va maʼrifat fidoyilari bilan uchrashdi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542'yilligini munosib nishonlash, shu bilan birga viloyatda maʼnaviyat, maʼrifat, ayniqsa, adabiyot sohasida keng koʻlamdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.' Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu bo

27 Jan 00:53
 
57
0
xs.uz

Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar va talablarni tartibga soluvchi bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qaror orqali ichki ishlar, bojxona va harbiy xizmatga qabul qilish jarayonlarini yanada shaffoflashtirish va takomillashtirish koʻzda tutilgan.Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, bu organlarda ishlash istagini bi