calendar 27 Jan 00:53
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi

image
Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024 yil 18 aprel) ratifikatsiya qilish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi.

O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, ya'ni qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilash, do'stona muhitni mustahkamlash hamda o'zaro hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish masalalari alohida o'rin tutadi.



Mazkur Shartnoma O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 18 aprelda Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Dushanbe shahrida imzolangan. Shartnoma ikki davlat o'rtasidagi do'stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi ' ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan.

Ushbu hujjat xalqaro huquq normalariga amal qilgan holda mintaqaviy mojarolarni tinch yo'l bilan hal etish, davlat chegaralarini demarkatsiya qilish bo'yicha hamkorlikni davom ettirish, suv-energetika sohasida o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, parlament diplomatiyasini rivojlantirish va o'zaro aloqalarni mustahkamlash kabi yo'nalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.



Shuningdek, iqtisodiy, investisiyaviy, fan-texnika, madaniyat, ta'lim, sport va turizm sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish, terrorizm, ekstremizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu Qonun O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga, mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.



'









Foto: Yunus Boʻriyev, Haqberdi Asqarov'/'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
43
0
xs.uz

Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha issiq suvsiz qoladi

Qayd etilishicha, joriy yilning aprel va may oylarida 'Toshkent Issiqlik Markazi' tashabbusi bilan amalga oshiriladigan issiqlik manbalarini rejalashtirilgan profilaktik oʻchirishlar jadvalida oʻzgarishlar kiritilgan.Yangilangan jadvalga muvofiq, 20-apreldan 21-aprelga oʻtar kechasi IM-1: Mirzo Ulugʻbek, Yunusobod, Yashnabod tumanlari, 21-apreldan 22-aprelga oʻtar kechasi esa IM-3: Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlariga qarashli qozonxonalar faoliyati toʻxtatiladi.Koʻrsatilgan dav

17 May 21:46
 
16
0
xs.uz

“Oltin ilinji”dagi zavod xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi

'Oltin ilinji' nomi bilan tanilgan ushbu zavodda ishlovchi ikki nafar smena ustasi va bir nafar boʻlinma aparatchisi oldindan til biriktirib, yirik hajmdagi oltinni yashirish orqali talon-toroj qilishni rejalashtirgan.Ular ogʻirligi 2,5 kilogramm boʻlgan, tarkibida katta miqdorda oltin moddasi mavjud boʻlgan yarim tayyor mahsulotni zavod ichidagi havo tozalash quvuriga yashirib qoʻyishgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu harakatlar fosh qilinib, huquq-tartibot idoralari tomonidan da

16 Apr 09:11
 
37
0
xs.uz

Sunʼiy intellektda shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Sunʼiy intellekt orqali shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berish va ularni OAV yoki Internetda tarqatish uchun javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi maʼlum qildi.Unga koʻra, bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan ' sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilingan.Muho

18 Apr 11:07
 
37
0
xs.uz

18-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-13 daraja, kunduzi 18-20 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 16-21 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biroz bulu