calendar 18 Jul 21:28
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 16 ta hujjat imzolandi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan  muzokaralar yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrif davomida 16 ta hujjat imzolangan, jumladan:

  • Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xo‘jaligi ob’ektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim;
  • Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;
  • O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma;
  • Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  • 2024-2030 yillarda o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
  • 2024-2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;
  • 2024-2026 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";
  • 2024-2026 yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti o‘rtasidagi memorandum va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekistonda “Ijtimoiy karta” joriy qilinadi. U aholiga qanday imtiyozlar beradi?

'Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori eʼlon qilindi.Maʼlum qilinishicha, aholini davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid barcha choralarni raqamli texnologiyalar asosida taqdim etishga oʻtishning asosiy yoʻnalishlari etib bir qator vazifalar belgilanmoqda.Xususan, endilikda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 'Ijtimoiy karta' axborot tizimini joriy etish orq

19 Jul 18:13
 
57
0
xs.uz

Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha nechta yoʻlovchi tashilmoqda?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar'iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 724,5 ming nafar yoʻlovchi tashilgan.2023-yil yanvar'iyun oylariga nisbatan bu koʻrsatkich 277,1 ming yoʻlovchiga oshgan.

26 Jul 10:20
 
31
0
qalampir.uz

Toshkentda hijob kiyib yurgan erkak qamaldi

Kecha, 23 iyul kuni Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangandi. Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida, haqiqatdan h

03 Sep 21:35
 
5
0
xs.uz

Prezident navqiron avlodning Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga qoʻshayotgan hissasini yuqori baholadi

'Yangi Oʻzbekiston' bogʻida boʻlib oʻtayotgan Respublika mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirida Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi kunda navqiron farzandlarimiz Yangi Oʻzbekiston ravnaqiga munosib hissa qoʻshayotganini taʼkidladi.Buning tasdigʻi yaqinda Parijda boʻlib oʻtgan 33-yozgi Olimpiya oʻyinlarida yana bir bor yaqqol namoyon boʻldi. Azmu shijoatli oʻgʻil-qizlarimiz dunyodagi eng yirik sport anjumanida 8 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medalni qoʻ