calendar 26 Jul 10:20
eye 36
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda hijob kiyib yurgan erkak qamaldi

image

Kecha, 23 iyul kuni Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangandi. Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida, haqiqatdan ham u Bektemir tumani “Qo‘yliq dehqon bozori” atrofida burqa libosida, yuzini niqob bilan yopgan holda yurganida IIO xodimlari uni to‘xtatib, yuzini ochishni so‘raganida, dastlab ularga qarshilik ko‘rsatganini, keyin chetroqqa o‘tib, yuzini ochganligini, hozirda o‘zining sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bayon qilib, unga nisbatan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan. 

Fuqaroning mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi ish hujjatlaridagi dalolatnoma, ma’lumotnoma, tushuntirish xatlari, fotosuratlar hamda ma’muriy ishda to‘plangan boshqa hujjatlar bilan to‘liq o‘z isbotini topgan.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 184-4-moddasi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va unga nisbatan 3,4 mln so‘m jarima hamda 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chorsu bozorida ayollar kiyimini kiyib olgan erkakka nisbatan BHMning 110 baravari (3 mln 400 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi va 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:20
 
48
0
xs.uz

Andijonda fevral oyi “Zahiriddin Muhammad Bobur oyligi” deb eʼlon qilindi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda yashab ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar, maʼnaviyat maʼnaviyat va maʼrifat fidoyilari bilan uchrashdi. Unda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542'yilligini munosib nishonlash, shu bilan birga viloyatda maʼnaviyat, maʼrifat, ayniqsa, adabiyot sohasida keng koʻlamdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.' Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu bo

27 Jan 00:53
 
40
0
xs.uz

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'Voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga o'zgartirishlar kiritish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi. Bugun dunyoda yuzaga kelayotgan xavf-xatar va tahdidlar, yoshlar orasida turli yot g'oyalar tobora keng tarqalishiga sabab bo'lmoqda. Bu esa mamlakatimizda bunday holatlarni o'z vaqtida oldini' olish va ularga barham' berish b

31 Jan 15:20
 
36
0
xs.uz

Farosatida nuqsoni borlarni jazolash orqali jamiyatni oʻzgarishiga hissa qoʻshmoqchimiz — Alisher Qodirov

Alisher Qodirov uni haqorat qilayotganlarni javobgarlikka torttirmoqchi. Deputat 23-yanvar kuni oʻzining Telegram kanalida qoldirgan xabari tufayli keng jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgan edi.'Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin. Tilla qatori milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oq

27 Jan 00:53
 
40
0
xs.uz

Oʻzbek paxtasining boshlangʻich narxi Nyu-York birjasi bilan belgilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 'Paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmoni qabul qilindi. Unga koʻra, paxta bozorida yangi bozor tamoyillari joriy etiladi.Endilikda paxta xomashyosi narxi Nyu-York birjasidagi oxirgi 6 oylik oʻrtacha fyuchers kotirovkalari asosida belgilab boriladi. Bu narx har yili 1-noyabrda eʼlon qilinadi. 2025-yil hosili uchun esa 1-fevralda eʼlon qilinishi belgilan