calendar 18 Jul 16:19
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab oldilar

image
Mazkur sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, biznes forumi, Rektorlar forumi, Avlodlar muloqoti va qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazilgani taʼkidlandi.

Savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq va suv xoʻjaligi, xavfsizlik, madaniyat va boshqa muhim yoʻnalishlardagi hamkorlik natijalari tanqidiy tahlil qilindi.

Muzokaralar davomida tomonlar parlamentlar, hukumatlar, vazirliklar, idoralar va hududlar, ishbilarmonlar, ekspertlar va jamoatchilik darajasida faol aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar. Davlatlararo kengash tuzishga qaror qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, jumladan, BMT, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va boshqa koʻp tomonlama maydonlar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

Tovar ayirboshlash hajmini koʻpaytirish, eng avvalo, import oʻrnini bosish dasturlari va kooperatsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shu maqsadda tashrif davomida oʻzaro savdo hajmini oshirishga qaratilgan dastur qabul qilinmoqda. Bundan tashqari, yaqin yillarda 2 milliard dollar koʻrsatkichiga chiqish uchun poytaxtlarda savdo uylari tashkil etiladi, eksport-import shartnomalari toʻplami shakllantiriladi, eksportoldi moliyalashtirish vositalari joriy etiladi, qishloq xoʻjaligi va chorvachilik mahsulotlarini tezkor tashish boʻyicha 'yashil yoʻlak' ishga tushiriladi.

Sanoat kooperatsiyasi doirasidagi joriy loyihalar portfeli 300 million dollarga yetgani taʼkidlandi. Kuni kecha boʻlib oʻtgan biznes forumi doirasida energetika, logistika, elektrotexnika, toʻqimachilik, agrosanoat va boshqa tarmoqlarda savdo shartnomalari va investitsiya bitimlarining yangi toʻplami qabul qilindi.

Bunday loyihalarni ilgari surish uchun Oʻzbekiston-Qirgʻiziston jamgʻarmasining ustav kapitali 200 million dollargacha oshiriladi.

Energetika sohasidagi hamkorlik strategik yoʻnalish etib belgilandi.

Qambarota GES-1 qurilishi boʻyicha bitimni tez fursatda imzolash va loyihaning amaliy bosqichini boshlash muhimligi qayd etildi. Shuningdek, ikki mamlakat salohiyatini hisobga olgan holda kichik gidroenergetikani rivojlantirish boʻyicha kompleks hamkorlik dasturi tayyorlanadi.

Mintaqada transport bogʻliqligini mustahkamlash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni faollashtirish zarurligi taʼkidlandi.

'Xitoy - Qirgʻiziston ' Oʻzbekiston' temir yoʻlini qurish boʻyicha strategik loyiha toʻgʻrisidagi uch tomonlama bitim imzolangani bu borada tarixiy voqea boʻldi.

Uchrashuvda istiqbolli transport loyihalari ham koʻrib chiqildi.

Ikki mamlakat hududlari savdo-iqtisodiy hamkorlikning haqiqiy drayverlari ekani taʼkidlandi. Shu maʼnoda, Bosh vazirlar raisligidagi Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida faol aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Hududlar delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari jadvalini tayyorlash va qoʻshma 'yoʻl xaritalari'ni yangilashga kelishib olindi.

Qishloq xoʻjaligi oʻzaro hamkorlikning muhim yoʻnalishidir. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini birgalikda yetishtirish, intensiv bogʻlar va agroklasterlar tashkil etishni nazarda tutuvchi agrokooperatsiya dasturini amalga oshirishga kelishib olindi.

Madaniyat, yoshlar, turizm, taʼlim, fan va sport sohalarida faol almashinuvlar davom ettiriladi.

Shu maʼnoda, tashrif arafasida Samarqandda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining ikkinchi forumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kelgusi yillarga moʻljallangan madaniy tadbirlar taqvimini tayyorlashga kelishib olindi.

Yigʻilishda Bosh vazirlar oʻrinbosarlarining hisobotlari va savdo-iqtisodiy hamkorlik yuzasidan aniq takliflari tinglandi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari qoʻshma 'yoʻl xaritasi'ni tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berdilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Tegishli malakaga ega bo‘lmay turib faoliyat yuritgan psixologlarga javobgarlik belgilanmoqda 

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi psixologik yordam ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha qonunlarda belgilangan cheklovlarga rioya etmagan holda psixologik yordam ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi. Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Aholiga psixologik yo

26 Jul 10:20
 
31
0
qalampir.uz

Qiynoqqa solish holatini sodir etgan xodim jazolandi

Joriy yilning birinchi yarmida harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ishlovchi 50 nafar xodimga hayfsan berildi, 2 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning hisobotida ma’lum qilindi.  Bildirilishicha, Sirdaryo tumani “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi, Qo‘qon “M

26 Jul 10:20
 
37
0
xs.uz

26-iyul kuni harorat 45 darajani tashkil etadi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +40...+42 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja b

19 Jul 19:15
 
67
0
qalampir.uz

Bekobodda 1 mlrd so‘mlik mablag‘lar talon-toroj qilindi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 1 mlrd 82 mln so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4576 sonli qarori doirasida Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki tomonidan chorvachilik yo