calendar 19 Jul 19:15
eye 101
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bekobodda 1 mlrd so‘mlik mablag‘lar talon-toroj qilindi

image

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 1 mlrd 82 mln so‘mlik kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4576 sonli qarori doirasida Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki tomonidan chorvachilik yo‘nalishida ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan tekshiruv tadbirlari o‘tkazilgan.

Unda Bekobod tumanidagi sut va sut mahsulotlari yetishtirish hamda naslli chorva mollarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi “BF” MCHJga Avstriyadan 65 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollari olib kelish maqsadida 2020 yilda bank tomonidan 7 yil muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan yillik 19% ustama to‘lash, shundan 3 foizini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab berish sharti bilan 1 mlrd 680 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.

Ammo, MCHJ tomonidan bangga taqdim qilingan biznes rejada ko‘rsatilgan sut mahsulotlari yetishtirish va naslli mollarni ko‘paytirish, ularni 2 avlod olgungacha saqlash bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilmasdan, aksincha, 44 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollari naqd pulga sotib yuborilgan. Buning oqibatida 1 mlrd 82 mln so‘mlik kredit mablag‘lari talon-toroj qilingan.
Shuningdek, ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan bank tomonidan kerakli darajada monitoring ishlari olib borilmagan.

Hozirda holat yuzasidan MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi ( O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3 qismi “a” bandi hamda 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) 2 qismi “a” bandi bilan, bank mansabdorlariga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada advokatlar 50 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 15:12
 
24
0
xs.uz

Andijon tibbiyot institutiga universitet maqomi beriladi

Davlat rahbari tibbiyotda Andijon brendini yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlar borligini taʼkidladi.Bu borada oʻtgan yili 650 oʻrinli klinika Andijon davlat tibbiyot instituti balansiga oʻtkazilib, uni taʼmirlash va jihozlashga 180 milliard soʻm berildi. Bu 11 ming talabaga bir vaqtni oʻzida ham oʻqish, ham amaliyot oʻtash imkonini beradi.Institutdagi simulyatsion markazda tibbiyot xodimlari malakasini 2 bosqichda baholash tizimini yoʻlga qoʻyish, klinika yoniga travmatologiya, ped

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

20 Mar 12:53
 
66
0
xs.uz

Bayramga munosib tuhfa

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Navroʻz umumxalq bayrami arafasida 'Hududiy elektr tarmoqlari' aksiyadorlik jamiyati Samarqand hududiy filiali tasarrufidagi elektr taʼminoti korxonalariga 10 dona 'Damas' va 3 dona 'Isuzu' rusumli maxsus avtomashinalar topshirildi.Zamonaviy texnika vositalari ish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratishi bilan birga elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni tezkor bartaraf etish, hududdagi korxona, tashkilot, muassasalar hamda aholiga elektr energiyasini si

04 Apr 16:19
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

Yangi O'zbekistonda 'Inson qadri uchun, inson baxti uchun' degan ezgu g'oya asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar tufayli xalqimiz farovonligini oshirish, ko'pmillatli jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasidagi ishlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilmoqda.Bularning barchasi bag'rikenglik, saxovat va shukronalik timsoli bo'lgan muborak Ramazon oyini mamlakatimizda tinch-totuv, fayzli va shukuhli muhitda o'tkazishda muhim ahamiy