calendar 18 Jul 12:04
eye 57
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sunʼiy yoʻldosh Putinning oʻrmon ichida yashiringan qalʼasini fosh qildi – Newsweek (+Xarita va suratlar)

image
Sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Moskva shimolidagi Valday shahrida havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan jihozlangan qalʼasi mavjudligini aniqladi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar qildi.

Qayd etilishicha, dastlabki hisobotlarda bu yerda faqat bitta 'Pansir' tizimi oʻrnatilgan bunker mavjudligi aytilgan. Biroq yangi tasvirlar hudud atrofida ushbu tizimlardan kamida yettitasi borligini koʻrsatgan. Havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarining koʻpayishi Ukrainaning Rossiya hududiga uyushtirayotgan dron hujumlarining faolligi ortib borayotgan bir paytda sodir boʻldi.

AQSHning Urushni oʻrganish instituti (The Institute for the Study of War) tadqiqot guruhi qarorgohda bu tizimlar joylashganini tasdiqladi. Maʼlumot uchun aytish joiz, 'SA-22 Greyhound' nomi bilan ham tanilgan 'Pansir' tizimi 20 kilometrdan 40 kilometrgacha boʻlgan masofada samolyotlar, raketalar va dronlarni aniqlash va yoʻq qilishga moʻljallangan.



'Nexta' nashrining maʼlumotlariga koʻra, Valday qarorgohi atrofida yana kamida oltita 'Pansir' tizimi, oʻn bitta mobil yer-havo raketa 'S-300/400' tizimi va bir nechta uzoq masofali radiolokatsiya stansiyalari ham bor. Ularning ayrimlari zich oʻrmon ichida koʻzdan pana qilingan.

Sunʼiy yoʻldosh tasvirlari, shuningdek, mazkur qarorgohdan 6 kilometr uzoqlikda, boshqa 'Pansir' tizimiga yaqin joyda oʻrnatilgan bir nechta erta ogohlantiruvchi radar stansiyalari ham mavjudligini koʻrsatmoqda. Mutaxassislarning fikricha, ushbu mudofaa harakatlarga qaramay, Ukraina dronlari bu tizimlarni chetlab oʻtib, kamroq himoyalangan hududlardan zarba berishi mumkin.



Avvalroq, mashhur jurnalist Gʻarb yetakchilari uchun dahshatli xabar haqida maʼlum qilgani haqida xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

14 Aug 06:38
 
14
0
xs.uz

“Hizbulloh”ning zarbasi, Yaqin Sharqdagi shaylik va Zaporojyeda yongʻin (video)

AQSH Yaqin Sharqqa suvosti kemalarini joʻnatmoqdaAQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa atom suvosti kemasini joʻnatib, tezroq yetib borishga buyruq berdi. Shuningdek, u 'Abraham Lincoln' samolyotlar tashuvchi kemasini yoʻnaltirishni tezlashtirishga chaqirgan. Samolyot bortida F-35 va F/A-18 qiruvchi samolyotlari borligi maʼlum. Bu harakat HAMAS va 'Hizbulloh' yetakchilarining oʻldirilishidan soʻng Eronning javobidan xavotirlar fonida amalga oshirildi.Avvalroq Pentagon Isroilni himo

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

Britaniya falastinliklarga yordam berishni qayta tikladi (video)

Buyuk Britaniyaning yangi Leyboristlar hukumati BMTning Falastin qochqinlari bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni 6 oylik to‘xtashdan so‘ng yana davom ettiradi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qildi. “Swis info” nashri buni Leyboristlar oy boshida hokimiyatni qo‘lga kiritgandan so‘ng, Isroil-Falastin mojarosiga qanday yondashish bo‘yicha  hukumatning qilgan birinchi katta o‘zgarishi sifatida qayt etgan. 2023 yilning 7 ok

29 Jul 13:28
 
69
0
xs.uz

Isroil HAMAS bilan sulhga kelishib, Livan bilan urush ochilishi mumkin — ekspert

Livan jabhasida kuchlarni toʻplash uchun Isroil Falastinning HAMAS harakati bilan oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlishi mumkin. Bu fikrlarni Turkiyaning Xavfsizlik va mudofaa strategiyalarini tadqiq qilish va amalga oshirish markazi direktori, Istanbul universiteti professori, isteʼfodagi general Fahri Erenel aytib oʻtdi.Oldinroq, 'New York Times' oʻz manbalariga tayanib muzokarachilar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu sulhga erishish uchun Falastinning HAMAS harakati bilan Gʻazo s