calendar 18 Jul 10:27
eye 115
comments 0
comments Manba: xs.uz

Prezident qarori bilan Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori (PQ-261-son, 17.07.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etiladi.

Universitetning asosiy faoliyat yoʻnalishlari sifatida muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy maʼlumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash koʻzda tutilmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, universitet nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan amalga oshiradi. Shuningdek, universitetda talabalarni oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni oʻqitish uchun toʻlov-kontrakt summasi universitet tomonidan belgilanadi.

Bundan tashqari, universitetga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi universitet tomonidan belgilangan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Universitet toʻliq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil OTM hisoblanadi.

Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki AQSHda tan olinadigan hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom Oʻzbekistonda ham tan olinadi.

Qayd etilishicha, universitetda qoʻshma taʼlim dasturlarining xorijiy universitetda oʻqish qismini bakalavriatda '3+1', magistraturada '1+1' va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

Qayd qilinishicha, qarorni imzolashda prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Arizona davlat universiteti (AQSH) hamda 'Cintana Education' (AQSH) kompaniyasi oʻrtasida 2023-yil sentyabr oyida imzolangan ahdlashuv memorandumi asos qilib olingan.

Avvalroq, Buxoroga qoʻshimcha 'Afrosiyob' poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyilishi maʼlum boʻlgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
22
0
xs.uz

“Tamaddunlar kesishgan makon” nomli yangi hujjatli filmni suratga olish rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish, unda turli hududlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyaviy merosini kengroq yoritish maqsadida 'Tamaddunlar kesishgan makon' nomli hujjatli filmni tayyorlash ko'zda tutilmoqda.Markaz axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu loyiha doirasida Xorazm vohasi tarixi, boy madaniyati va bu hududda shakllangan sivilizatsiyaviy jarayonlar chuqur o'rganiladi. Tadqiqotlar asosida hujjatli film ssenariysi yozilib, unda qadimiy Xorazmning islomiy ilm-fan,

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni turizm va bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.Shu yil 9-aprelda bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida davlatimiz rahbari yurtimizning boy tarixi va madaniyati, ajoyib tabiatidan foydalanib, sayyohlarni hozirgidan 2-3 karra ko'paytirish mumkinligini ta'kidlagan edi.Shunday xushmanzara joylardan biri ' Bo'stonliqdagi 'Chorvoq darvozasi' majmuasi. Prezidentimiz o'tgani yili dekabrda uning qurilishini borib ko'rgan edi, yaqinda loyihaning bi

16 Apr 09:12
 
40
0
xs.uz

Andijon viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish rejalari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida 2025-yilda erishilishi rejalashtirilgan asosiy maqsadlarga oid taqdimot bilan tanishdi.Joriy yilning birinchi choragida investitsiya loyihalari samarasida hamda tijorat banklari ishtirokida 77 ming nafar fuqaro ish bilan ta'minlangan.Umuman, 2025-yilda 5 milliard 700 million''dollarlik 166 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Bu orqali 31 mingta ish o'rni ochiladi. 31 turdagi yangi mahsulot olish yo'lga qo'yilib, 1,5 milliard dollarlik ekspo

24 Mar 13:25
 
86
0
xs.uz

Andijonda “Matiz” ikki bolani urib yubordi

Andijon viloyati Asaka tumanida 'Matiz' ikki nafar bolani urib yubordi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, voqea Asaka tumani Yuksalish MFY hududidan oʻtgan D-105E Asaka'Humo avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan. Aniqlanishicha, 44 yoshli A.O. oʻzining 'Matiz' rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, yoʻlning belgilanmagan qismidan kesib oʻtayotgan ikki nafar bolani urib yuborgan.YTH oqibatida tan j