calendar 18 Jul 09:56
eye 98
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Prezidentning jiyani hibsga olindi

image

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi mamlakat Prezidenti Sadir Japarovning jiyani Ulanni hibsga oldi. Bu haqda huquq-tartibot idoralari xodimlariga tayanib, “Kaktus” nashri xabar berdi.

33 yoshli Ulan Japarov katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda, sud uni tergov izolyatoriga jo‘natgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbarining jiyani ismi oshkor etilmagan shaxsga uni Qirg‘iziston Prezidentining mamlakat viloyatlaridan biridagi vakolatli vakili lavozimiga tayinlashni va’da qilgan va buning uchun go‘yoki 100 ming dollardan ortiq mablag‘ olgan. Biroq u bergan va’dasini bajarmagan.

Bu Ulan Japarovning so‘nggi bir yil ichida birinchi hibsga olinishi emas. 2023 yil iyun oyida u bojxonadagi korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda gumonlanib, respublika IIV tomonidan qo‘lga olingan. Keyinroq u uy qamog‘iga qo‘yib yuborildi, ish esa sudga yuborildi. “24.kg” xabariga ko‘ra, Ulan Prezidentning amakivachchasi Raqimjon Japarovning o‘g‘li.

Mahalliy matbuotning yozishicha, bugun, 17 iyul kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning qarindoshi ham firibgarlikda gumonlanib, hibsga olingan. U 11 avgustga qadar hibsda saqlanadi. Shuningdek, Qirg‘iziston parlamenti deputati Tazabek Ikromov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga so‘roqqa chaqirilgani haqida xabar qilindi. Deputat qanday ish yuzasidan so‘roq qilinayotgani hozircha ma’lum emas.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 17:08
 
85
0
xs.uz

Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

Hindiston gʻarbidagi Gujarat shtatida 50 kishi xavfli Chandipura virusini yuqtirib olgan.Shtat sogʻliqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, u bilan zararlangan 16 kishi hayotdan koʻz yumgan. Boshqa shtatlarda ham uchta holat qayd etilgan.Patelning qoʻshimcha qilishicha, virus haqidagi maʼlumotlar Gujaratdagi barcha qishloqlar va sogʻliqni saqlash markazlariga yetkazilgan.Chandipur virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. U Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qishloq sharafig

03 Sep 21:35
 
17
0
xs.uz

Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining 'Starlink' terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.'Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda 'Starlink' sunʼiy yoʻldoshli internet tar

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

19 Jul 21:29
 
78
0
qalampir.uz

Rossiyada WSJ muxbiri 16 yilga qamaldi

Sverdlovsk viloyat sudi amerikalik “Wall Street Journal” muxbiri Evan Gershkovichni 16 yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qildi. Bu haqda TASS xabar berdi. "Gershkovich Evan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini qat’iy rejimli koloniyada o‘tashga tayinlansin", deyiladi sud hukmida. “Wall Street Journal” muxbiri Moskvadagi Lefortovo sudi qarori bilan josuslik ishi bo‘yicha hibsga olingan. Avvalroq prokuratura unga