calendar 18 Jul 09:19
eye 138
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bellingem Yevro-2024'ning eng chiroyli goli muallifi bo‘la olmadi

image

Futbol bo‘yicha Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamalning Fransiya darvozasiga kiritgan to‘pi Yevro-2024'ning eng chiroyli goli deb topildi. Bu haqda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) matbuot xizmati xabar berdi.

Yamalning goli evaziga Ispaniya terma jamoasiga fransuzlar bilan yarim final uchrashuvida hisobni tenglashtirdi va yakunda o‘yin tizginini “qizil furiya” tomoniga o‘tishini ta’minladi. Fransiya bilan bahsda Ispaniya 2:1 hisobida zafar quchib, musobaqa finaliga yo‘l olgandi. Futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan zarba berdi, to‘p ustunga tegib, keyin darvozaga kirdi. Yamal Fransiya jamoasiga qarshi o‘yinda Yevropa chempionatida eng yosh gol muallifiga ham aylandi. Forvard 16 yoshu 362 kunligida qit’a birinchiligida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yakunlangan Yevropa chempionatining eng yaxshi uchta golidan biri angliyalik yarim himoyachi Jud Bellingemning Slovakiya termasi bilan 1/8 final uchrashuvida kiritgan goli bo‘ldi. Bellingemning qaychi uslubida kiritgan goli inglizlarga o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom ettirish va yakunda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirish imkonini berdi. Turnirning eng yaxshi 3-goli deb shveysariyalik futbolchi Jerdan Shakirining guruh bosqichi 2-turida shotlandlarga (1:1) kiritgan aniq zarbasi topildi.

Reyting UEFA texnik kuzatuvchilari tomonidan tuzilgan. Hammasi bo‘lib 10 ta gol reytingdan o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etgan (2:1) Ispaniya g‘olib bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekiston MTJga mundial yoʻllanmasini taqdim etishi mumkin boʻlgan bahs kichik hajmli stadionda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi safarda maydonga tushadi. Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur oʻyin boʻlib oʻtadigan stadion hamda uchrashuv vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining BAAga qarshi safardagi bahsi joriy yilning 5-iyun kuni Abu-Dabi'shahridagi 'Al Nahyan Stadium' stadionida boʻlib oʻtadi. Maz

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

20 Mar 12:50
 
33
0
postda.uz

G'OLIBLAR TAQDIRLANDI

Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar