calendar 17 Jul 16:34
eye 106
comments 0
comments Manba: xs.uz

Raqobat qoʻmitasi «Korzinka»ga jazo belgiladi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi 'Korzinka' supermarketlar tarmogʻi ('Anglesey Food' MCHJ XK) tomonidan joylashtirilgan reklama boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilgan edi.

Qoʻmita matbuot xizmatning maʼlum qilishicha, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus komissiya tomonidan qoʻzgʻatilgan ishda 'Korzinka' supermarketlar tarmogʻi brendi ostida faoliyat koʻrsatuvchi 'Anglesey Food' MCHJ XK aybdor deb topildi.

Shunga koʻra, kompaniyaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanildi, shuningdek, unga ushbu reklama boʻyicha qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.

'Shuni alohida taʼkidlab oʻtgan boʻlar edikki, Raqobat qoʻmitasi barcha tadbirkorlik subyekti vakillarini mamlakat iqtisodiyoti va aholining bandligini taʼminlashdagi hissalarini qadrlagan holda, mamlakatimizda mavjud amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan qonuniy faoliyat olib borishlarini va jamiyatimizda demokratik qonuniy muhit shakllanishiga oʻz hissalarini qoʻshishlarini soʻrab qolamiz', deyiladi xabarda.

'Korzinka' esa oʻz ijtimoiy tarmoqlarida 'Eng arzon narx' dasturi endi Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham amal qilishini bildirib oʻtgan. Hozircha kompaniya belgilangan jazoga munosabat bildirmadi.

Avvalroq, 'Gentra'ga 'UZB' seriyali soxtalashtirgan avtomashina raqamini taqqan shaxs qamalgani haqida xabar berilgandi.

'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
39
0
xs.uz

Fargʻonada fermer xoʻjaligi 1,8 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalandi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida fermer xoʻjaligi tomonidan 1,8 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'HET' AJ Energosavdo filiali xodimlari tomonidan Yozyovon tumanida navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazilgan. Unda 'A.A.F' fermer xoʻjaligi tomonidan ikkilamchi (kommutatsion) kuchlanish zanjirlarini qasddan uzib qoʻyib, hisoblagichdan tashqari elektr tarmogʻidan foydalanib kelinga

01 Jul 04:27
 
7
0
xs.uz

Fuqarolarga past foizda mashina olib berishni vaʼda qilib, 50 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazgan shaxslar ushlandi

Maʼlum boʻlishicha, bir guruh fuqarolar past foizda (6-12%) avtomashina sotib olish niyatidagi fuqarolarga istalgan turdagi avtomashinani yetkazishi toʻgʻrisida ijtimoiy tarmoqlardagi targʻibot orqali Toshkent shahri va respublikaning turli nuqtalarida mijozlar bilan dastlab boʻnak (avans) shartnomalarini tuzgan holda, 120 kun mobaynida avtomashina yetkazilishini vaʼda qilib, shartnoma shartlarini bajarmasdan, fuqarolardan kelib tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirish bilan shugʻullanib kel

01 Jul 04:27
 
8
0
xs.uz

1-iyul kuni uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 1-iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 36-38 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi'va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bila

01 Jul 04:27
 
5
0
xs.uz

Boʻstonliqda nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida “Maftunkor ranglar jilosi – 2025” nomli respublika tanlovi oʻtkazildi — Fotoreportaj

Joriy yilning 28-iyun kuni Boʻstonliq tumanidagi 'Olmos' dam olish maskanida 'Biz birgamiz!' ijtimoiy loyihasi doirasida 7-17 yoshdagi nogironligi boʻlgan bolalar ishtirokida 'Maftunkor ranglar jilosi ' 2025' nomli respublika tanlovi boʻlib oʻtdi.Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi, Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hamkorligida va Mirabror Usmonov nomidagi Xalqaro xayriya jamoat fondi koʻmag