calendar 17 Jul 16:15
eye 116
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Namanganda do‘kondan kiyim o‘g‘irlagan ayol “samosud” qilindi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqda do‘kondan kiyim-kechaklar o‘g‘irlagan ayol sotuvchilar tomonidan “samosud” qilinayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan bog‘landi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 14 iyul kuni Mingbuloq tumani Jomasho‘y shaharchasida sodir bo‘lgan. Ayol taxminan 1 mln 190 ming so‘mlik kiyimlarni ustma-ust kiyib, do‘kondan chiqib ketayotgan paytda ushlangan.

Holat bo‘yicha Mingbuloq tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida ayolga nisbatan “Tilxat” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

“Shuningdek, videoda tasvirlangan “samosud”ga ham alohida huquqiy baho beriladi”, deydi IIB matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqandda bog‘dan olma o‘g‘irlagan bolalarni arqon bilan bog‘lab haqorat qilgan va urib, tan jarohati yetkazgan erkak “samosud” qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 09:41
 
43
0
qalampir.uz

Hilola Umarova maktab direktorini qamatgan hokimga nishon taqdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bundan qariyb bir yil oldin maktabning direktori bilan janjallashgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovni “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Vazir Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchiga “Xalq t

18 Jul 11:11
 
59
0
xs.uz

Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi

Samarqand viloyatida avtobus yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan piyodani urib yubordi va oqibatda piyoda halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, voqea 13-iyul kuni soat 13:00 larda Kattaqoʻrgʻon tumani M.Ulugʻbek mahallasi hududidan oʻtuvchi 4R-48 'Zarafshon Trakt' avtomobil yoʻlining 94-kilometrida sodir boʻlgan. Haydovchi 'Midibus SAZ NP 21' rusumli transport vositasida 'Payshanba-Kattaqoʻrgʻon shahar' yoʻn

15 Jul 12:03
 
60
0
qalampir.uz

Andijonda ko‘prik qulab tushdi (video)

Andijon viloyatida kuchli sel tufayli viloyatning Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat hokimligi rasmiy ma’lumot berdi. “Ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruhi voqea joyiga yetib borgan va ish olib bormoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyilgan xabarda. Qayd etilishicha, sodir

18 Jul 10:36
 
80
0
qalampir.uz

Yevroittifoq elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlott Adrian diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda TIV xabar berdi. Bugun, 17 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi Sharlott Adrianni qabul qildi. “Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Sharlott Adrian xonim bilan uchrashdik. Elchining yillar davomida O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan