calendar 11 Jul 09:41
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Hilola Umarova maktab direktorini qamatgan hokimga nishon taqdi

image

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bundan qariyb bir yil oldin maktabning direktori bilan janjallashgan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovni “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Vazir Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta’lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchiga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni hamda faol o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. 

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda viloyatda 978 ta maktab mavjud bo‘lib, ularda qariyb 57 ming nafar pedagog-o‘qituvchi ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori majlisda tasvirlangani aks etgan video tarqalgandi.  Videoda hokim direktorni o‘rnidan turg‘azib, uni “maktabdagi muhitni buzganlik”da, “viloyatni butun dunyoga sharmanda qilganlik”da ayblaganini ko‘rish mumkin. Bunga javoban, direktor T.U. o‘ziga nisbatan aytilgan ayblovlarni rad etib, “miltiq bo‘lsa, otib tashlang”, deya e’tiroz bildirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Aug 12:29
 
16
0
xs.uz

26-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 26-avgust, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3'8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7'12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi

26 Jul 10:21
 
39
0
xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli y

22 Jul 14:47
 
61
0
xs.uz

Oʻzbekistonda seysmik zaif bino-inshootlar soni maʼlum qilindi

Hujjatga koʻra, bugungi kunda turar va noturar joy obyektlarining energotejamkorligini oshirish, yashil hududlarni koʻpaytirish, shaharlarning tashqi arxitekturaviy qiyofasini yangilash, avariya holatidagi va eskirgan obyektlarni buzish, qayta qurish jarayonlari hamda mulkdorlarning huquqlari himoyasini huquqiy jihatdan toʻgʻri tartibga solish maqsadga muvofiq.Maʼlumot uchun, ayni paytda respublikada 42 mingga yaqin koʻp kvartirali uylar mavjud boʻlib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991-

26 Jul 10:21
 
49
0
xs.uz

Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi

Farmonga koʻra:2025-yil 1-yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat koʻchmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida realizatsiya qilish choralari koʻriladi.Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash s