calendar 17 Jul 14:15
eye 91
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Gentra”ga “UZB” seriyali soxtalashtirgan avtomashina raqamini taqqan shaxs qamaldi

image
Maʼlum qilinishicha, 1989-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining 'Gentra' rusumli avtomashinasiga 'UZB' qalbaki raqamini oʻrnatib foydalanib kelgan. Fuqaro ushbu raqamlarni Rossiya Federatsiyasidagi firmalarning biridan buyurtma asosida sotib olgan.

Shuningdek, ayblanuvchi javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektorlariga tegishli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan 'UZB' davlat raqamidan foydalanish toʻgʻrisidagi soxta hujjatni bergan. Tekshiruvlar hujjatni fuqaro oʻzi soxtalashtirganini fosh qildi.

Ayblanuvchi fuqaro bu qilgan ishidan asosiy maqsad havas boʻlganligini va hech qanday jinoiy, qabih niyati boʻlmaganini bildirib, pushaymonligini izhor qilgan.

'Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismlari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ularni sotish yoki ulardan foydalanish) bilan aybdor deb topdi. Fuqaro ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi', deyiladi Toshkent shahar IIBB yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabarida.

Avvalroq, yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirish joriy qilinishi haqida xabar bergan edik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
51
0
qalampir.uz

Toshkentda hijob kiyib yurgan erkak qamaldi

Kecha, 23 iyul kuni Qo‘yliq dehqon bozori yerosti yo‘lida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak aniqlangandi. Bugun, 24 iyul kuni mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudida ko‘rib chiqildi va erkakka nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq hamda 3,4 mln so‘m jarima jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi Zokirjon Qo‘ziboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.  Sud majlisida huquqbuzar erkak o‘z ko‘rsatmasida, haqiqatdan h

26 Jul 10:20
 
47
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro

29 Jul 16:46
 
131
0
qalampir.uz

Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari belgilandi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining 2024/2025 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan, respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish

08 Sep 16:44
 
5
0
xs.uz

Toshkentda aksiz markasiz alkogol mahsulotlari savdodan olindi

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi savdo do'konidan O'zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, tumanda faoliyat yurituvchi 'N.G.' MChJ savdo do'koni sotuvchisi R.Q. xaridorga O'zbekiston aksiz markasi bilan yelimlanmagan 2 dona viski va 2 quti tamaki mahsulotini jami 2,9 mln so'mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savd