calendar 29 Jul 16:46
eye 151
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari belgilandi

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining 2024/2025 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi majlisining tegishli bayoniga asosan, respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.

2023/2024 o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan solishtirilsa, to‘lov summalari o‘rtacha yaxlitlangan holda 15 foizga oshirilgan.

To‘lov-kontrakt miqdorlari 4 yildan buyon oshirilmay kelinayotgan edi. Stipendiyalar miqdori esa 2021 yildan buyon indeksatsiya qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
33
0
xs.uz

Dushanba haqiqatdan ham ogʻir kunmi yoxud 27-yanvarda qanday ob-havo kutilmoqda?

Oʻzbekiston hududida 27-yanvar kuni turli ob-havo sharoitlari kuzatilishi kutilmoqda. Bir qator hududlarda shamolning kuchayishi va ayrim joylarda tuman paydo boʻlishi ehtimoli mavjud.Poytaxtimizda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi esa 9-11 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.Qoraqalpogʻiston va Xorazmda havo biroz bulutli boʻlib, yogʻingarchilik kutilmayapti. Bir qator joylarda tuman

27 Jan 00:53
 
35
0
xs.uz

Prezident Farmoni bilan “Made in Uzbekistan” dasturi ishga tushiriladi

Oʻzbekiston Prezidentining 2025'2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat tarmoqning barqaror rivojlanishini taʼminlash, eksport hajmini oshirish va xalqaro bozorlarda milliy mahsulotlarni keng targʻib qilishga qaratilgan.Farmon doirasida bir qator maqsadli koʻrsatkichlar belgilangan boʻlib, 2025-yilda eksportni 4 milliard, 2026-yilda 5 milliard, 2027-yilga kelib esa 7 milliard AQSH dollariga

27 Jan 00:53
 
36
0
xs.uz

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash loyihasi amalga oshiriladi

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Germaniyaning 'KfW' banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyiha Prezident qarori bilan tasdiqlandi. Loyiha doirasida tibbiy muassasalar infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar xaridi va maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Loyiha doirasida tibbiy muassasalar uchun zarur jihozlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻylab adolatli taqsiml

27 Jan 00:53
 
38
0
xs.uz

Qoʻqonda oʻzini 3-qavatdan tashlab yuborgan talaba qiz vafot etdi

2024-yilning 12-dekabr kuni Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan oʻzini pastga tashlashi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan edi.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar qilishicha, talaba qiz koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamlarga qaramasdan, olgan ogʻir tan jarohatlari sababli vafot etgan.Maʼlum qilinishicha, Prokuratura surishtiruv natijalariga koʻra, mazkur holat shaxsiy muammolar sababli sodir boʻlgani aniqlangan va jinoyat ishi