calendar 28 Jul 21:05
eye 120
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Yashil energetika”: islohotlar natijasi amaliy ishlarda namoyon boʻlmoqda

image
Yaqinda Prezidentimiz raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida 'yashil energetika' sohasida ishga tushgan 2,4 gigavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga birinchi yarim yillikda 1,6 milliard kilovatt 'yashil energiya' olingani alohida qayd etildi.

Shu oʻrinda, energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza, qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish borasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga toʻxtalib oʻtamiz.

' Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 ming 227 ta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida 12,3 MVt kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish rejalashtirilgandi, ' deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining bosh mutaxassisi Muzaffar Kalnazarov. ' Shuningdek, 1 ming 754 ta tadbirkorlarning bino va inshootlarida 14,1 MVt quyosh panellari oʻrnatilishi hisobiga 10,9 million kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarish, koʻp qavatli uylarning tom qismida 0,4 MVt va aholi xonadonlarda 7,4 MVt quyosh panellari, 19,8 ming litr quyosh suv isitish uskunalarini oʻrnatish kabi tadbirlar ham belgilangan edi.

Bugungi kunga kelib 'Yashil energiya' axborot tizimiga asosida aytadigan boʻlsak, jami 930 ta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida 12,72 MVt kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari hamda 26,9 ming litr gelio-kollektorlari oʻrnatilgan. Masalan, Amudaryo tumanida 88 ta obyektda 0,6 MVt, Beruniy tumanida 67 ta obyektda 0,46 MVt, Nukus shahrida esa 166 ta obyektda 5,75 MVtni tashkil etadi.

Tadbirkorlarning 1034 ta bino va inshootlarida 7,14 MVt quyosh panellari joylashtirildi. 2 417 ta aholi xonadonlarida 4,98 MVt kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari hamda 7,9 ming litr gelio-kollektorlari oʻrnatildi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan har oy davomida yagona elektr energetika tizimi orqali uzatilgan va isteʼmol qilingan elektr energiyasi hajmining hisobi 'Hududiy elektr tarmoqlari' korxonasining billing tizimida yuritilib, oy yakunlanishi bilan tarmoqqa uzatilgan va isteʼmol qilingan elektr energiyasi oʻzaro hisob-kitob qilinadi.

' Bugungi kungacha 'Soliq.uz' ilovasining 'Quyoshli xonadon' dasturi orqali 2275 ta aholi xonadonlari vakillaridan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanayotgani va endilikda elektr tarmoqlari tizimiga elektr sotish imkoniyati yuzaga kelayotgani yuzasidan murojaatlar kelib tushdi, ' deydi 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJ Qoraqalpogʻiston hududiy filialining Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiyasi hisobini yuritish boʻlimi boshligʻi Madiyar Smaylov. 'Aholining ushbu murojaatlari oʻrganib chiqilishi va xatlovdan oʻtkazilishi natijasida 2001 xonadondan 5471,7 kVtli energiyani umumiy tarmoqqa uzatish belgilandi.

Hozirgi kungacha aholi xonadonlariga oʻrnatilgan qurilmalar tomonidan 2 252 825,08 kVt/soat elektr energiyasi tarmoqqa uzatilgan boʻlsa, shundan 904 208,71 kVt/soat elektr energiyasi xonadan egalari tomonidan umumiy tarmoqqa sotilgan. Natijada 904 million 208 ming 710 soʻm mablagʻ yuqoridagi xonadon egalariga hisobiga toʻlanishi nazarda tutilgan. Quyosh panellari oʻrnatib, tarmoqqa energiya sotayotgan xonadon egalari hisobiga tushirilgan mablagʻlarni 'Soliq.uz' ilovasi orqali olish imkoniyatiga mavjud.

Bundan tashqari, 613 ta ijtimoiy va davlat organlari obyektlariga 9 572,4 kVtli va 514 ta tadbirkorlik subyektlari obyektlariga 2 625,9 kVt quyosh panellari oʻrnatildi. Ular bilan ham oʻzlarining ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini xarid qilish uchun shartnomalar tuzildi. Bu borada quyosh panellari oʻrnatilgan obyektlardan yagona energo tizimiga 6 953 185,50 kVt/soat elektr energiyasi uzatildi. Ijtimoiy va davlat idoralari hamda tadbirkorlik subyektlarga 659 370,30 kVt/soat tarmoqqa uzatgan elektr energiyasi uchun 413 million 911 ming 607 soʻm mablagʻ tegishli isteʼmolchilarning hisob-raqamlariga oʻtkazib berildi.

Yuqorida keltirilib oʻtilganidek, korxona-tashkilotlar va aholi xonadonlariga quyosh panellari oʻrnatilib, muqobil energiyadan foydalanish oshmoqda. Ushbu yangi yoʻnalish boʻyicha oʻrnatilgan uskunalarga servis xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida 'Yashil Energiya' masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.

' Faoliyatimizni oʻtgan yilning dekabr oyida boshlagan boʻlsak, ayni paytda servis va xizmat koʻrsatish markazimizda 5 nafar xodim ishlamoqda, ' deydi 'Yashil Energiya' MCHJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi boshligʻi Ikramjan Abdullayev. ' Xodimlarimiz oʻrnatilgan quyosh fotoelektr stansiyalarining doimiy ishchi holatda boʻlishini taʼminlamoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlariga quyosh fotoelektr stansiyalarini oʻrnatish boʻyicha kengash bilan hamkorlikda manzilli roʻyxat shakllantirilgan.

Bugungi kunga qadar 'Yashil energiya' MCHJ tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida umumiy quvvati 2040 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari oʻrnatildi. Ushbu quyosh fotoelektr stansiyalari orqali 2024-yil iyul oyiga qadar 1,8 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Joriy yilda 'Yashil energiya' MCHJ tomonidan 4600 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyalari oʻrnatilishi rejalashtirilgan boʻlib, hozirda 370 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyalarida oʻrnatiladigan joylar oʻrganilib, oʻrnatish ishlari boshlandi.

Maʼlumotlarga koʻra, tijorat banklari tomonidan joriy yilning oʻzida quyosh panellarini oʻrnatish uchun 9,07 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Bunda 26 ta tadbirkorlik subyektlariga 2,9 mlrd. soʻm va 278 ta jismoniy shaxslarga 6,08 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari berilgan.

Eʼtiborlisi, 'yashil energiya'dan foydalanishni boshlagan idora-tashkilotlar hamda xonadon egalari oʻzlaridan ortgan energiyani tarmoqqa uzatayotmoqda. Bu elektr energiyasi tanqisligining oldini olish, yangi texnologiyalarni kengroq joriy etishga xizmat qilayotir. Bir soʻz bilan aytganda, Qoraqalpogʻistonda 'yashil energetika' sohasidagi islohotlar natijasi amaliy ishlarda namoyon boʻlmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 20:27
 
104
0
xs.uz

«Oʻzgidromet» fuqarolarni joriy yilning 25-29-iyul kunlari Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi kutilayotgani munosabati bilan ogohlantirdi

Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha boʻlishi kutilmoqda, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham shu munosabat bilan fuqarolarga quyosh urishidan saqlanish qoidalarini eslatdi.Bildirilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga ogʻir taʼsir qiladi. Hatto sogʻlom odamlar ham baʼzi bir qoidalarga rioya etishlariga toʻgʻri keladi.Quyosh

19 Aug 07:03
 
24
0
xs.uz

Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi

Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov

24 Aug 17:26
 
16
0
xs.uz

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi

'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha

28 Jul 21:16
 
130
0
xs.uz

Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha