calendar 17 Jul 13:44
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

Hukumatda yangi tuzilma tashkil qilinadi

image
Unda qayd etilishicha, birinchi olti oyda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 34 foizga oʻsdi. Lekin hamma tarmoq yoki hududda ham ishlar bir xil emasligi qayd etildi. Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar ulushi 78 foizni tashkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda oʻzimizda bor mahsulotni import qilish holatlari hanuzgacha davom etayotgani tanqid qilindi. Shu bois mahalliylashtirish boʻyicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi. Har oyda eng koʻp import boʻlayotgan isteʼmol tovarlari roʻyxati va hajmi tadbirkorlarga eʼlon qilib boriladi. Raqobat qoʻmitasi hudud va tarmoq kesimida oʻrganib, bozorda yetishmayotgan mahsulotlar boʻyicha yangi quvvatlarni yaratish va mavjudlarini kengaytirish boʻyicha takliflarini beradi. Ushbu takliflar asosida aniq loyihalar paketi shakllantiriladi, ular 20 ta yirik tarmoq quvvatlarida yoki hududiy korxonalar bilan kooperatsiya asosida amalga oshiriladi. Bu yangi tizimni joriy qilish uchun Hukumatda mahalliylashtirish boʻyicha alohida tuzilma tashkil qilinadi. Umuman, joriy yilda 92 trillion soʻmlik mahsulotni mahalliylashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
18
0
xs.uz

Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qancha?

Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.Qayd etilishicha, Oʻzbekistonda 2024-yilning 1-yanvar holatiga, internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni 30,1 milliontani tashkil etgan.Maʼlum boʻlishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12,5 foizga oshgan.Hududlar orasida internet tarmogʻiga ulanganlar soni boʻyicha eng koʻp abonentlar soni Toshkent shahrida 6,3 million nafarni tashkil e

20 Sep 00:22
 
18
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi oshdi, rubl esa pastladi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 18-sentyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 3,08 soʻmga koʻtarildi va 12 732,56 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 25,08 soʻmga oshib, 14 181,53 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,35 soʻmga pastlab, 139,37 soʻmni tashkil qildi.

26 Aug 12:29
 
40
0
xs.uz

Andijonda 44 nafar amaldor jarimaga tortildi

Biznes ombudsman Andijon viloyatida 44 nafar amaldor jarimaga tortilganini maʼlum qildi.Qayd etilishicha, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi tahlil qilinganda, ayrim amaldorlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlangan.Vazirlar Mahkamasining 434-son qaroriga asosan, chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuzilgan tuman komissiyasi tom

20 Sep 00:22
 
16
0
xs.uz

Toshkentda UzMedExpo 2024 tibbiyot ko‘rgazmasi ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ishini boshladi — Fotoreportaj

'UzMedExpo 2024' ko'rgazmasi 18-20 sentyabr kunlari 'O'zekspomarkaz'da bo'lib o'tadi. Ko'rgazmada zamonaviy tibbiyot yutuqlari namoyish etiladi.Har yili 'UzMedExpo' ko'rgazmasi tibbiy texnologiya va asbob-uskunalar, dori vositalari, tibbiyot sanoatidagi innovatsion tovarlar va xizmatlarning so'nggi ishlanmalarini namoyish etish uchun maqsadli platforma hisoblanadi. 2024-yilda tadbirda O'zbekiston, Germaniya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya va Turkiya kompaniyalari ishtirok etmoq