calendar 17 Jul 13:05
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston Olimpiadaga tayyormi?

image

Bugun, 16 iyul kuni Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Sport vaziri Adham Ikromov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Aziz Komilov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi raisi Sherzod Toshmatov ishtirok etib, OAVning savollariga javob berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixida eng katta tarkib bilan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etadi. Delagatsiya a’zolari 19 ta sport turida 90 nafar sportchi bilan 75 ta litsenziya bo‘yicha bahslarga kirishadi. Shuningdek, futbol, kamondan otish, ayollar kurashi va suvga sakrash dasturlarida o‘zbek atletlari ilk marta to‘rt yillikning eng yirik sport turnirida mamlakat sharafini himoya qiladi.

Tadbirda Adham Ikromov sportchilarning tayyorgarligiga alohida to‘xtalib, Parijda ulardan o‘zbek sporti tarixidagi eng yaxshi natija kutilayotganini bildirdi.

Joriy Olimpiada bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida 67 nafar sportchi debyut qilishi kutilmoqda. Shuningdek, sportchilar orasida 4 nafar Olimpiada chempionlari ham bor. Ya’ni taekvondo bahslarida Ulug‘bek Rashidov, boksda Hasanboy Do‘smatov va Bahodir Jalolov, og‘ir atletikada esa Akbar Jo‘rayev medallar uchun kurash olib boradi.

Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimi 26 iyul kuni boshlanib, 11 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekistonlik sportchilarning turnirdagi ishtirokini 24 iyul futbol bo‘yicha Temur Kapadze boshchiligidagi jamoa boshlab beradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Messi MLS yulduzlari o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli MLS yulduzlari o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda liga o‘z bayonotida ma’lum qildi. MLS va Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Kolumbusda bo‘lib o‘tadi. Messi Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika kubogi final uchrashuvida oyog‘idan olgan jarohati tufayli jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlari paytida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda gumon qilingan rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.  Fransiya hukumati 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar sodir etilishi xavfidan o‘z xavotirini bildirdi. “23 iyul kuni Fransiyada adovat qo‘zg‘atish maqsadida xo

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan. XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi: 1. Jon Jons (27-1-0-1); 2. Jorj Sent-Per (26-2); 3. Anderson Silva (34-11-