calendar 26 Jul 10:19
eye 48
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

image

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida.

Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit yaratilgan.

“Shifokorlar va diyetologlar bilan kelishilgan holda atletlar uchun eng kerakli va foydali, vitaminlarga boy ovqatlar olib kelingan. Olimpiya shaharchasidagi sportchilarimizga kun davomida ana shunday taomlar tortiq qilinmoqda”, deyiladi MOQ xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sportchilar Olimpiya shaharchasida ovqat yetishmasligidan norozi bo‘layotgani xabar qilingandi.  


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 18:33
 
63
0
qalampir.uz

Hozir bor e’tibor Madrimov bilan jangga qaratilgan – Kroufordning murabbiyi

Terens Kroufordning murabbiyi Brayan Makintayr shogirdi supero‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni Isroil Madrimovni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng ikki vazn toifasiga yuqoriga ko‘tarilib, supero‘rta vazn toifasidagi jangchi Saul Alvares bilan jang qilishiga ishonchi komil. Bu haqda Makintayr “Boxing247”ga bergan intervyusida aytdi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, ularning jamoasi vazn farqiga qaramay, bu jangni qabul qilishga tayyor, ammo so‘nggi qaror

11 Aug 03:44
 
83
0
xs.uz

Akbar Joʻrayev kumush medal sohibi!

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024' yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirok etdi.Erkaklar oʻrtasida +102 kg vazn toifasida qatnashayotgan hamyurtimiz oʻzining dast koʻtarishdagi chiqishlarini 185 kg vazn bilan yakunlagandi.Siltab koʻtarish bahslarida esa Akbar Joʻrayev 219 kg natija qayd etdi. Yurtdoshimiz shu tariq

24 Aug 17:27
 
26
0
xs.uz

Oʻzbekiston yana bir Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi

18,19,20-avgust kunlari Samarqand shahrida ITKF Karate-do boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.Qayd etilishicha, 18-avgust kuni chempionatning rasmiy ochilish marosimi oʻtkazildi. Unda 18 dan ortiq davlatlar ishtirok etdi.Chempionat: 6-8 yosh ' bolalar va qizlar, 9-13 yosh ' yoshlar va qizlar, 14-18 yosh ' oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, 19-21+ kattalar va ayollar, 40+ faxriylar oʻrtasida oʻtkazildi.Umumiy hisobda:1-oʻrin Oʻzbekiston2-oʻrin Tojikiston3-oʻrin Turkmaniston.Jamoaviy kume

26 Jul 10:21
 
62
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp