calendar 17 Jul 11:20
eye 98
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bundan buyon tuman hokimlari oʻz hududida mahsulotni koʻpaytirish boʻyicha hisobdor boʻladi

image
Prezidentimiz iqtisodiyot, moliya va kambagʻallikni qisqartirish kompleksidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Fargʻona viloyati misolida juda katta resurslar hali ishga solinmagani tahlil qilindi.

Bundan buyon tuman hokimlarining oʻz hududida mahsulotni koʻpaytirish boʻyicha hisobdorligi boʻlishi belgilandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hududiy ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha 10 ta hisobdorlik koʻrsatkichini belgilash topshirildi.

Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va Gʻijduvon tajribalari oʻzini oqlaganini hisobga olib, ularga yangi surʼat bagʻishlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Jumladan, hali 4 ming 122 ta mahallada ixtisoslashuv darajasi pastligi qayd etildi.

Joriy yil yakunigacha 'Sayxunobod tajribasi', yaʼni iqtisodiy kompleks tashkilotlarining mahallaga tushib, xonadonbay ishlash tizimi asosida har bir mahalladagi xonadonlar uchun moliyaviy paket qilib berilishi belgilandi. Bu orqali 495 ming aholi bandligini taʼminlash mumkin boʻladi.

Mutasaddilarga ikkinchi yarim yillikda 'Oilaviy tadbirkorlik' dasturi qamrovini 1,5 barobar oshirib, 4 trillion soʻm ajratish topshirildi.

Yil yakunigacha kamida 50 ta yangi mikro-moliyalash tashkilotini ochib, ularni kreditlashga 1 trillion soʻm resurs berish vazifasi qoʻyildi.

'Uychi tajribasi', yaʼni tadbirkorlar va biznes bilan shugʻullanish istagidagi aholi bilan manzilli ishlash tizimi asosida tuman hokimlari tadbirkorlar bilan, banklar esa mijozlari bilan muntazam uchrashib, ularga biznesini kengaytirishga koʻmaklashishi belgilandi.

Bunda tuman hokimi infratuzilma masalasi, bank esa moliyaviy koʻmak masalasi bilan shugʻullanadi.

Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan manzilli ishlash hisobiga yil yakunigacha 670 ming aholi bandligini taʼminlash muhimligi qayd etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
57
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Gʻalabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80-yilligiga bag'ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.Qizil maydonda Gʻalaba paradi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xitoy Raisi Si Szinpin, Braziliya Prezidenti Lula da Silva, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg'iziston Prezidenti Sa

17 May 21:46
 
52
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan

13 May 14:37
 
77
0
xs.uz

Navoiy viloyati: tarixiy evrilishlar ostonasida

Navoiy viloyati va shoir nomini olgan shaharni koʻpincha vohaga konchilik sanoatining kirib kelishi bilan bogʻlashadi. Biroq oʻlkaning qadim tarixi ' Uchtutdagi yer osti Chaqmoqtosh koni, Sarmish va Sentobsoydagi qoyatoshga oʻyilgan suratlar, Karmana, Nurota va Xatirchidagi osoriatiqalar ushbu voha hududida yashagan ajdodlarimiz oʻz turmush tarzi, eʼtiqodi, madaniyat va maʼnaviyati bilan kishilik jamiyati tamal toshining qoʻyilishiga ham munosib hissa qoʻshganligidan dalolat beradi.Mozi

31 May 08:49
 
40
0
xs.uz

Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi

Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga