calendar 17 Jul 03:40
eye 141
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonning qaysi hududidan koʻproq ipoteka krediti olingani maʼlum qilindi

image
Qayd etilishicha, yanvar'iyun oylarida Oʻzbekiston aholisiga 6,88 trillion soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Bunda respublikada jami 23 ming 201 nafar fuqaro banklardan foizli qarz olgan boʻlib, ularning 16,9 nafari erkaklar (4 trillion 32 milliard soʻm), 9,2 ming nafari xotin'qizlar (2,4 trillion soʻm) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Ipoteka kreditlarining 61 foizi birlamchi bozordagi uylarga, 39 foizi ikkilamchi bozordagi uylarga ajratilgan. Foizli qarzlarning 70 foizini 31'50 yoshlar oraligʻidagi insonlar, 20 foizini 18'30 yoshdagilar, 10 foizini 50 yoshdan yuqori boʻlganlar olgan.

Shu yilning olti oyi ichida banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratgan ipoteka kreditlari yillik 23,3'25,1 foizdan (foizlar har oy oʻzgarib turgan), 'Yangi tartib' doirasida yoʻnaltirilgan foizli qarzlar yillik 17,3'17,9 foizgacha berilgan.

Yanvar'iyun oylarida 'Yangi tartib' dasturi boʻyicha mamlakatning 13,7 ming fuqarosiga 3,2 trillion soʻm miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan.

Eng koʻp kreditlar Samarqand viloyati aholisiga berilgan ' 424 milliard soʻm. Keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyati (415,1 milliard soʻm), Toshkent shahri (340,9 milliard soʻm), Andijon (331,5 milliard soʻm) viloyatiga nisbatan koʻp miqdorda ipoteka kreditlari ajratilgan.

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, respublikada 2019-yilda aholiga 7,9 trillion soʻmlik ipoteka kreditlari ajratilgandi. 2020-yilda bu miqdor 9,1 trillion soʻmga, 2021-yilda 9,8 trillion soʻmga, 2022-yilda 14,4 trillion soʻmga, 2023-yilda esa 16,9 trillion soʻmga yetgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
13
0
postda.uz

SAYYОHLARGA TAKLIFIMIZ KO‘P

Surxon vohasida turizmni rivojlantirish, turizm namoyishi ob'ektlariga xorijlik sayyohlarni jalb etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Binobarin, vohada turizm salohiyati, qolaversa, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash uchun barcha kuch-vositalar yetarli.Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi viloyat hududidagi sayyohlik namoyishi ob'ektlari, mehmonxonalar, chorrahalar, aeroport va vokzallardagi kuzatuv kameralari bilan integratsiya qilingan. Bu orqali turistlarning viloyat hududiga ki

03 Sep 21:35
 
23
0
xs.uz

Mustaqillik bayrami munosabati bilan sentyabr pensiyasi oldindan to‘lab beriladi

Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati pensiya toʻlovlarini bank kartasida oluvchi fuqarolarning sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar oʻtkazib beriladi. Bu haqda pensiya jamgʻarmasi xabar qildi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistondagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash hamda bayramni koʻtarinki ruhda kutib olishlarini taʼminlash maqsadida, pensiya toʻlovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqa

03 Sep 21:35
 
29
0
xs.uz

Birvarakayiga dollar yevro va rubl kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 48,93 soʻmga pastladi va 12 625,93 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 107,51 soʻmga tushib, 14 006,19 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,44 soʻmga pastlab, 138,11 soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi ilk bor 12 800 soʻmga yaqinlashdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'19,86'soʻmga oshdi va'12 794,88'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'68,94'soʻmga tushib,'14'021,91'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,61'soʻmga pastlab,'132,99'soʻmni tashkil qildi.