calendar 16 Jul 23:15
eye 206
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Navoiyda xotin erini zaharlab o‘ldirdi

image

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashovchi ayol o‘z turmush o‘rtog‘ini avval zaharlab, so‘ng tayoq bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea tumanning Bog‘chakalon mahallasida sodir etilgan. Bunga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Marhum Q.Q. 2023 yilning sentyabr oyidan X.Q. bilan shar’iy nikoh asosida tumanning Bog‘chakalon mahallasida yashab kelgan. 2024 yilning aprel oyidan erkakning qizi ham turmushidan ajrashib, ular bilan yashay boshlagan.

Joriy yilning 21 iyun kuni soat taxminan 22:00 larda X.Q. turmush o‘rtog‘ining o‘ziga nisbatan doimiy ravishdagi tazyiqi va kamsitishlaridan qutulish maqsadida uni o‘ldirishni rejalashtirgan. Tuzilgan rejaga asosan dorixonadan 20 dona “Enam” dori vositasini olib kelgan. So‘ngra uni qatiqqa qo‘shib, eriga ichirgan.

Q.Q. dori ta’sirida holsizlanib, ko‘ngli aynigan hamda hushsiz holatga kelgan. Bundan foydalangan ayol yog‘och bo‘lagi bilan uning bosh qismiga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Q.Q. voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 32 yoshli ayol erining oyoq-qo‘lini bog‘lab, tiriklayin yoqib yuborgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
10
0
xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida ta

18 Jul 17:51
 
91
0
xs.uz

Takroriy ekin — qoʻshimcha daromad, toʻkinlik manbai

' Dastlabki hisob-kitoblarimizga koʻra, takroriy ekindan viloyat boʻyicha 1 million 483 ming tonna hosil olinishi kutilmoqda, ' deydi viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Samad Saidov. ' Uning 325 ming 987 tonnasi ichki bozorga, 82 ming 292 tonnasi eksportga va 70 ming 595 tonnasi urugʻlik va zaxiraga jamgʻariladi. Hosilni xarid qilish, qayta ishlash va eksportga yoʻnaltirish boʻyicha korxonalar bilan kelishuvlar amalga oshirildi, saqlash omborxonalari va qayta ish

26 Jul 18:20
 
67
0
qalampir.uz

Namanganda tuman obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Namangan viloyati Kosonsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Qayd etilishicha, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023 yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 million so‘mga yaqin va 2024 yil I-yarim yillik holatiga 13 ta 1 milliard 356 million so‘mlik tender savdolarida buyur

15 Jul 12:03
 
171
0
qalampir.uz

Surxondaryoda maktab direktorini kaltaklagan erkakka sud hukmi o‘qildi

O‘tgan yili Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 28-maktabning direktori T.U. shu muassasada ishlovchi o‘qituvchining oila a’zolari tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida xabar berilgan edi.  Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.  Bildirilishicha, sudlanuvchi Y.M. 2023 yil 31 avgust kuni soat 17:00 da Sariosiyo tumani, Do‘stlik mahallasida joylashgan 28- umumta’lim ma