calendar 18 Jul 17:51
eye 91
comments 0
comments Manba: xs.uz

Takroriy ekin — qoʻshimcha daromad, toʻkinlik manbai

image
' Dastlabki hisob-kitoblarimizga koʻra, takroriy ekindan viloyat boʻyicha 1 million 483 ming tonna hosil olinishi kutilmoqda, ' deydi viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Samad Saidov. ' Uning 325 ming 987 tonnasi ichki bozorga, 82 ming 292 tonnasi eksportga va 70 ming 595 tonnasi urugʻlik va zaxiraga jamgʻariladi. Hosilni xarid qilish, qayta ishlash va eksportga yoʻnaltirish boʻyicha korxonalar bilan kelishuvlar amalga oshirildi, saqlash omborxonalari va qayta ishlash korxonalari mavsumga shay holatga keltirildi.

Oqdaryo tumanida joriy yilda gʻalladan 9609 gektar va ertagi ekinlardan 38 gektar maydon boʻshadi. Tuman dehqon va fermerlari bu yerlarga toʻliq takroriy ekin ekmoqda.



' Ushbu maydonlarning 5203 gektari klaster va fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qolgan boʻlsa, 3367 gektari fermer xoʻjaliklari ishchilariga, 1076 gektari ijtimoiy daftarlarda turgan fuqarolarga berildi, ' deydi tuman qishloq xoʻjalik boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Vohidxon Murodov. ' 210 gektar yerda sabzavot, 450 gektarda kartoshka, 4904 gektarda dukkakli va 4083 gektarda ozuqa ekinlari ekilmoqda. Kuzda ushbu maydonlardan 4250 tonna sabzavot, 9 ming tonna kartoshka, qariyb 7,5 ming tonna dukkakli don hosili olinishi kutilmoqda. Yetishtirilgan sabzavot va kartoshka asosan ichki bozorga yoʻnaltirilsa, dukkakli mahsulotning 90 foizdan ortigʻi eksport qilinadi..

Tumanning Amir Temur massivida ham 431 gektar gʻalladan boʻshagan maydonda takroriy ekin ekilmoqda. Hozir hududning aksariyat qismida ekin ekilayotgan boʻlsa, boshqa dalalarda yer tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

' Xoʻjaligimizning suvli va gʻalladan boʻshagan 10 gektar yer maydoniga takroriy ekin ekyapmiz, ' deydi 'Parda bobo chorva omad' fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi Ayubjon Pardayev. ' Ishchilar bilan birgalikda 6 gektarga dukkakli ekinlar ekdik va mahsulotni xarid qilish borasida 'Pichokchi dry fruits' MCHJ bilan shartnoma tuzdik. Qolgan 4 gektarni mahallamizdagi vaqtincha ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga ajratdik.



Shu mahallada yashovchi Suhrob Temirov maktabni bitirgach, 2-3-yil pul topish uchun turli ishlarda ishlab koʻrdi. Oilasining yagona boquvchisi boʻlgan Suhrob onasining maslahati bilan erta bahorda yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida ajratilayotgan yer maydonidan olish uchun ariza topshirgandi. Davlatimiz rahbarining 2024-yil 5-apreldagi 'Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori asosida mahalla yettiligi tavsiyasi bilan unga 47 sotix yer ajratildi.

' Bahorda kartoshka ekdim va 15 tonna hosil oldim, ' deydi S.Temirov. ' Hosilning bir qismini sotib, oilamizga ishlatdim. Takroriy ekinga loviya ekdim. Chunki hosili yaxshi, xaridori tayin. Ajratilgan yer maydoni birinchi yildan turmushimizni yaxshilashga xizmat qilmoqda. Avvallari ish qidirib uzoqroqqa ketganimda onam xavotirlanib oʻtirardi, endi barchamiz oʻz yerimizda oilamiz farovonligi uchun mehnat qilyapmiz.

Viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda aholiga 7,5 ming gektar yer ajratilib, 18,4 ming nafar fuqaro dehqon xoʻjaligi tashkil etgan. 2024-yilda 8,3 ming gektar yer maydoni ajratilib, 15,3 ming dehqon xoʻjaligi tashkil etildi va 30 mingta yangi ish oʻrni yaratildi.

' Prezidentimizning 2024-yil 18-yanvarda qabul qilingan 'Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi farmoniga muvofiq, har bir tumandan 100 gektardan viloyat boʻyicha 1,3 ming gektar yer zaxiraga olinib, 'E-auksion' elektron savdo platformasi orqali bir fuqaroga bir gektardan ajratildi va dehqon xoʻjaliklari tashkil etildi, ' deydi viloyat qishloq xoʻjalik boshqarmasi shuʼba boshligʻi Tohir Duvlanov. ' Ushbu maydonlarda 'Bir mahalla ' bir mahsulot' tamoyili asosida eksportbop hamda serhosil qishloq xoʻjaligi ekinlari ekildi.

Shuningdek, 7 ming gektar yer maydoni ijtimoiy daftarlarga kiritilgan fuqarolarga mahalla yettiligining xulosasiga asosan 'E-auksion' elektron savdo platformasi orqali ajratildi. Bu viloyatdagi 17 mingdan ortiq yoshning daromadini oshirish va bandligini taʼminlashga xizmat qiladi. Ushbu yer maydonlarida 135 ming tonna mahsulot yetishtirilishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 12:39
 
55
0
xs.uz

“Chorvoq”da 19 yoshli yigit gidroskuter boshqaruvini yoʻqotib, ikki kishining oʻlimiga sababchi boʻldi

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 20-iyul kuni Boʻstonliq tumani, Burchmulla MFY hududida joylashgan 'Chorvoq suv ombori' havzasida 19 yoshli Q.F. 'Yamaxa' rusumli gidroskuterni haydab borayotib, boshqaruvni yoʻqotgan va suv havzasida suzib yurgan 'Katamaron' suv-transport vositasiga borib toʻqnashgan.Oqibatda 'Katamaron' suv-transport vositasidagi 28 va 26 yoshli yoʻlovchilar voqea joyida vafot etgan.Manbaga koʻra, vafot etgan fuqarolar fargʻonalik, gidroskuterda boshqaruvni yoʻqotgan

18 Jul 17:58
 
73
0
xs.uz

Keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi

Davlat rahbarlari keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish toʻgʻrisida Qoʻshma bayonotni imzoladilar.Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi, jumladan:- Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xoʻjaligi obyektlari boʻyicha hukumatlararo bitim;- Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida bayonnoma;- Oʻzbekiston Respublikasining Ja

19 Jul 11:32
 
75
0
xs.uz

Andijonda II “Dunyo sadolari” sanʼat festivali boʻlib oʻtadi

' Festival doirasida oʻzbek va xorijiy estrada yulduzlarining konsert dasturlari tashkil etiladi, ' deydi viloyat hokimligi kotibiyat mudiri Elyorbek Xolmirzayev. ' Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, rassomlarning ijodiy ishlaridan iborat koʻrgazmalar namoyish etiladi. Xalqaro festivalga 1,5 mln. nafar mehmonlarning tashrifi kutilmoqda. Ularning maroqli hordiq olishi uchun turli koʻngilochar dasturlar boʻlib oʻtadi. 8 ta sayyohlik yoʻnalishi boʻyicha eʼtiborga molik manzill

03 Sep 21:34
 
5
0
xs.uz

Bir yilda isteʼmol sektoridagi tovarlarning narxi 10 foizdan koʻproqqa oshgan

Avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha darajasi 0,5 foizga, avvalgi yilga nisbatan esa 10,5 foizga oshgan. Bu haqda Statsitika agentligi'xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning avgust oyida istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,3 % ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,8 % ga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 0,4 % ga oshgani kuzatilgan.Qayd etish kerakki, mazkur hisob-kitoblarni amalga oshirish