calendar 16 Jul 19:13
eye 136
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qator hududlarda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi

image
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. 'E.P.' va 'G.B.' MCHJlarning rahbari M.I. tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatish uchun ajratilgan 962,5 million soʻm imtiyozli kredit evaziga taʼminotchi korxona sifatida fermer xoʻjaliklariga uskunalarni yetkazib bermasdan kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Qarshi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki filiali sobiq bosh menejeri D.N. 3 ta taʼminotchi korxona masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroga issiqxona faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit evaziga mahsulotlarni yetkazib bermasdan, 180 million soʻm kredit mablagʻlarni naqdlashtirib olib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar Sh.Z. va G.I. fuqaro Z.D.ning ishonchiga kirib, uning singlisi nomiga goʻyoki bir yil davomida YATT faoliyati bilan shugʻullanib kelgani haqida guvohnoma rasmiylashtirib, tikuvchilik yoʻnalishida 100 million soʻm imtiyozli kredit ajratib berishlari evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:41
 
168
0
xs.uz

Oʻzbekistonda turizmning mehnat bozoridagi oʻrni: yangi ish oʻrinlar va malakali kadrlar zarurati

Turizm ' iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri. Aksariyat mamlakatlar, xususan, iqtisodiy oʻtish davridagilar uchun turizmni rivojlantirish milliy daromadni diversifikatsiya qilish, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash hamda ijtimoiy taraqqiyotni ragʻbatlantirishning muhim vositasiga aylanmoqda.Turizmning rivojlanishi xorijiy valyuta oqimi, aholi bandligini oshirish hamda kichik va oʻrta biznes sohasining kengayishi hisobiga yalpi ichki mahsulot oʻsishiga xizmat qil

31 May 08:50
 
38
0
xs.uz

Dollar kursi sezilarli pastlashdan soʻng yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,17 soʻmga'oshdi va'12 790,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'86,40 soʻmga'koʻtarildi va'14 486,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,03 soʻmga'tushib,'162,60 soʻmni'tashkil etdi.

18 Jun 21:55
 
180
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 17-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 45,08 soʻmga tushdi va 12 715,13 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 25,61 soʻmga koʻtarildi va 14 730,48 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 1,67 soʻmga koʻtarilib, 161,75 soʻmni tashkil etdi.

08 Jun 02:26
 
37
0
xs.uz

Ozarbayjon – Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi moliyalashtirishda nimalarga eʼtibor qaratmoqda?

Ozarbayjon ' Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIC) 2023 yilda Ozarbayjon va Oʻzbekiston hukumatlarining qoʻshma tashabbusi bilan tashkil etildi. 500 million dollar ustav kapitali bilan u ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi yoʻnalishni kashf etmoqda. AUICning asosiy maqsadi ' har ikkala respublika iqtisodiyotining rivojlanishi va gullab-yashnashiga qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali koʻmaklashish. Shuningdek, turli miqyos va sohalardagi kompaniyalarni bevosi