calendar 16 Jul 16:49
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda issiq suv quvuri yorilib ketdi (video)

image

Toshkent shahridagi “Fayziobod GAI” hududida issiq suv quvuri yorilib ketdi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ayni holat gidravlik sinov vaqtida “Fayziobod GAI” hududida ro‘y bergan va shu joyning o‘zida barcha choralar ko‘rilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

“Joriy yilning 20 iyundan 2 avgustgacha Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari (mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari) o‘tkaziladi. Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi, issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yunusobod tumanida katta suv o‘tkazgich tarmog‘idagi nosozlik sabab ko‘chalarni suv bosgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
63
0
xs.uz

Oʻzbekistonda besh yilda venchur fondlar ishtirokida 145 mln dollarlik 53 ta startap loyiha amalga oshirildi

Oʻzbekistonda besh yilda venchur fondlar ishtirokida 145 million dollarlik 53 ta startap loyiha amalga oshirildi.Bu hali kamligi qayd etilib, 9 ta davlat banki 3 ta venchur kompaniya ochib, 50 million dollarlik fond shakllantirgani biznesni boshlayotgan tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyat ekani taʼkidlandi.'Eng muhimi, bunday loyihalar iqtisodiyotga yangi yoʻnalish, texnologiya, innovatsiya va yuqori qoʻshilgan qiymat olib kiradi. Startap orqali yaratilgan yuqori samarali innovatsion mah

22 Mar 08:54
 
57
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev mahalladagi bayram saylida qatnashdi

Yurtimizning barcha joylarida Navro'z ayyomi ko'tarinki ruhda kutib olinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Bektemir tumani Rohat mahallasiga tashrif buyurib, bayram saylida qatnashdi.Xizmat ko'rsatish va savdoga ixtisoslashgan mahallada 4 ming nafar aholi yashaydi. Bandlikni ta'minlash bo'yicha yangi tizimga muvofiq, banklar ishtirokida mahallaning ichki imkoniyatlari yuzaga chiqarilmoqda.''O'tgan yili yuzga yaqin aholi ishga joylashtirilgan, 256 nafari o'zini o'zi band qilgan, 13'

16 Apr 09:11
 
35
0
xs.uz

Jangchi qizning jasorati

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Bundan roppa-rosa bir asr avval, yaʼni 1925-yilning yoz oylari. Ukrainaning Xarkov viloyati, Volchanskiy tumanidagi Verxniy Saltov qishlogʻida istiqomat qilayotgan ziyoli oilalarning birida qizaloq dunyoga keldi. Oila boshligʻi Andrey Ivanovich Pixota maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlardi. U farzandlarini ham ilmli, ziyoli insonlar etib tarbiyalashga katta eʼtibor qaratdi. Xususan, qizaloq Vera besh yoshidan nemis tilini oʻrgana boshladi. U 10 ' 12 yoshlar

21 Apr 08:33
 
21
0
xs.uz

“Planet 9” kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi megaloyihaning yangi vizual konsepsiyalari ko‘rib chiqildi

Ayni paytda Markaz ekspozitsiyalarini boyitish, kontentini kengaytirish maqsadida bir qator xorijiy mutaxassislar, IT kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.'Planet 9' kompaniyasi bilan Markaz ekspozitsiyasidagi 'Vaqt devori' loyihasini amalga oshirish bo'yicha muhokama olib borildi.Markaz ekspozitsiyasi Qur'on zali, Islomgacha bo'lgan davr sivilizatsiyalari, Birinchi va Ikkinchi Renessans, 'Yangi O'zbekiston ' Yangi Renessans' kabi zallarni o'z ichiga oladi. Har bir zal bo'ylab o'tadig