calendar 15 Jul 16:44
eye 155
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Di Mariya ko‘ziga yosh olib, terma jamoa bilan xayrlashdi (video)

image

Amerika kubogi finali Argentina tema jamoasi yetakchilaridan biri Anxel Di Mariya uchun terma jamoadagi oxirgi o‘yin bo‘ldi. 

Sheriklari tomonidan kiritilgan goldan so‘ng Di Mariya almashtirildi. Uning o‘rniga himoyachi Nikolas Otamendi maydonga tushdi. Zaxira o‘rindig‘iga ketayotganda Di Mariya yig‘lab, muxlislar bilan xayrlashdi. 

36 yoshli Di Mariya terma jamoadagi faoliyati davomida jami 145 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urdi va 32 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U terma jamoada 2 marta Amerika kubogi, 1 marta Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, Di Mariya 2008 yilda Argentina Olimpiya terma jamoasi bilan Olimpiada o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi.

Qayd etish joiz, 2024 yilgi Amerika kubogi Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi uchun oxirgi qit’a birinchiligi bo‘ldi, biroq hozircha Messini qachon terma jamoa bilan xayrlashishi noma’lum.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Humoyun To‘xtamurodovning jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov navbatdagi jangini 27 iyul kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. O‘sha kuni 25 yoshli To‘xtamurodov Naiza 64 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga qozog‘istonlik Andrey Mixaylov raqiblik qiladi. O‘zbekiston vakilining jangi prelim karddan o‘rin olgan. Turnirning asosiy kardida 2 ta jang bo‘lib o‘tadi. Prelim kardda To‘xtamurodovning jangidan

14 Aug 06:38
 
34
0
xs.uz

“Barselona”ga kelgan Dani Olmo klubni qiyin ahvolga solib qoʻydi

'Barselona' oʻzining yangi futbolchisi Dani Olmoni La Liganing yaqinlashib kelayotgan mavsumida roʻyxatdan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Klubning Olmoni 'RB Leypsig'dan 51 million funt evaziga sotib olishi La Ligadagi qattiq moliyaviy qoidalar sababli qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Bu haqda 'Sport Bible' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, 'Barselona' Olmo mavsumning birinchi oʻyinida maydonga tushishidan oldin futbolchilarning maoshlari uchun joy boʻshatishi zarur. Ispan

26 Jul 10:19
 
32
0
qalampir.uz

Messi MLS yulduzlari o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi, “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli MLS yulduzlari o‘yinida ishtirok etmaydi. Bu haqda liga o‘z bayonotida ma’lum qildi. MLS va Meksika ligasining eng yaxshi futbolchilari o‘rtasidagi uchrashuv 26 iyul kuni Kolumbusda bo‘lib o‘tadi. Messi Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika kubogi final uchrashuvida oyog‘idan olgan jarohati tufayli jamoasining ikkita o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

14 Aug 06:38
 
29
0
xs.uz

“Barselona”ni “yutqazib berish”ga chaqirilgan jamoa yutib ketdi. Katalonlar 12-yildan beri yutib kelayotgan kubogidan ham ayrildi

'Barselona' Joan Gamper kubogida Fransiyaning 'Monako' klubiga 0:3 hisobida yutqazib qoʻydi. Bu haqda 'Bein Sports' nashri xabar bermoqda.Dastlabki optimizm va kuchli boshlangʻich tarkibga qaramay, 'Barselona' oʻz imkoniyatlaridan unumli foydalanishga qiynaldi. 'Monako' esa ikkinchi boʻlimda oʻz imkoniyatlaridan unumli foydalandi.'Monako' futbolchisi Lamin Kamara tanaffusdan koʻp oʻtmay himoyadagi xatodan foydalanib hisobni ochdi. Breyel Embolo tezda ikkinchi golni, Kristian Mavissa esa u