calendar 26 Jul 10:19
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Humoyun To‘xtamurodovning jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov navbatdagi jangini 27 iyul kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

O‘sha kuni 25 yoshli To‘xtamurodov Naiza 64 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga qozog‘istonlik Andrey Mixaylov raqiblik qiladi. O‘zbekiston vakilining jangi prelim karddan o‘rin olgan.

Turnirning asosiy kardida 2 ta jang bo‘lib o‘tadi. Prelim kardda To‘xtamurodovning jangidan tashqari yana 6 ta to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Humoyun To‘xtamurodov shu vaqtga qadar MMA'da  10 ta jang o‘tkazib, 7 tasida g‘alaba qozongan va 3 ta jangda imkoniyatni boy bergan. U oxirgi marta 2022 yilning iyul oyida Octagon 32 turnir doirasida eronlik Said Mexrshadni bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lubiyatga uchratgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
51
0
xs.uz

Magʻlub boʻlgan Oʻzbekiston, AQSH, Argentina… Olimpiada futbolining birinchi turi qanday oʻtdi? Birinchi turdan keyingi vaziyat (Foto+jadval)

'A' guruhidan joy olgan Fransiya ochilish oʻyinida AQSHni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu toʻrtlikdagi ikkinchi bahsda Yangi Zelandiya vakillari giveniyalik yoshlarni yengdi ' 2:1.'B' guruhidagi Marokash va Argentina bahsi turnirning eng munozarali oʻyini sifatida esda qoladigan boʻldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida marokashliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bosh hakam esa oʻyinga 16 daqiqa qoʻshib berdi. Natijada uchrashuvning qoʻshib berilgan daqiqalarida lotin amerikaliklar hisobni

23 Jul 09:43
 
55
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekiston-Ispaniya o‘yiniga hakam tayinlandi

Joriy yilning 24 iyul kunida Parij Olimpiadasining futbol bahslarida Temur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi o‘z yurishini boshlaydi. “C” guruhining dastlabki turida “oq bo‘rilar” Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi. O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvini mavritaniyalik Beyda Dahan boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda angolalik Santos Jerson va keniyalik Yeimbe Stefan yordam beradi.  Ma’lumot uchun, O

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi.  32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBAʼni tan olingan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olingan federatsiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda XOQ o‘z qarorida ma’lum qildi. Qaror XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan qabul qilindi. XOQ va IBA muammolari 2019 yilda federatsiyaning oldingi rahbarligida boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo bo‘lgan. 2020 yilda rossiyalik Umar Kremlev IBA rahbari bo‘ldi, ammo bu federatsiyaga X