calendar 26 Jul 10:19
eye 36
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

O‘sha kuni Ro‘ziboyev Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC 308 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Unga rossiyalik Rinat Faxretdinov raqiblik qiladi. 

32 yoshli Faxretdinov MMA'da juda yaxshi statistikaga ega. U shu vaqtga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 24 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Oxirgi jangini UFC on ABC 6 turniri doirasida o‘tkazib, daniyalik Nikolas Dalbini mag‘lubiyatga uchratgan. 

30 yoshli Ro‘ziboyev MMA'da 43-34-9 rekordga ega. U oxirgi jangini shu yil may oyida UFC on ESPN 56 turniri doirasida amerikalik Xoakin Bakliga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra imkoniyatni boy bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 10:25
 
66
0
xs.uz

Shaxmat olimpiadasi uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi maʼlum boʻldi (foto)

Vengriyada boʻlib oʻtadigan shaxmat olimpiadasi uchun Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi eʼlon qilindi. Roʻyxat mashhur 'Chess.com' nashri tomonidan maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov (2769), Javohir Sindorov (2674), Nodirbek Yoqubboyev (2648), Shamsiddin Vohidov (2643), Jahongir Vohidov (2571) himoya qiladi. Roʻyxatda zaxira oʻyinchi haqida maʼlumot keltirilmagan.Eng quvonarlisi shundaki, jamoaga 14-jahon chempioni, jahon shaxmat olimpiadalari

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Voleybol sporti yanada rivojlantiriladi. Mamlakat boʻylab bir qator anʼanaviy musobaqalar yoʻlga qoʻyiladi

Maʼlum qilinishicha, qarorga koʻra, 2025-yildan har yili anʼanaviy tarzda voleybol boʻyicha bir qator musobaqalar oʻtkazib borilishi koʻzda tutilmoqda.Xususan, oliy taʼlim muassasalari talabalari, professional taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida 'Volleyball stars' Oʻzbekiston kubogi, vazirlik va idoralar xodimlari oʻrtasida 3 bosqichli (tuman (shahar) ' viloyat ' respublika) voleybol sport turlari boʻyicha 'Yangi Oʻzbekiston' respublika musobaqasi ta

12 Jul 10:34
 
91
0
qalampir.uz

Inouening raqibi aniq bo‘ldi. U Ahmadaliyev bilan hali jang qilmaydi

To‘rt vazn toifasida boks bo‘yicha jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue navbatdagi jangini Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni avstraliyalik Ti Djey Doxeniga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Inoue va Doxeni sentyabr oyida Tokioda jang o‘tkazadi. Yaponiyalik sportchi ikkinchi vazn toifasida chempionlik unvonini himoya qiladi. Aslida Inoue o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev bilan jang qilishi kutilayotgan

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim – Abduvohid Ne’matov

Parij Olimpiadasining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida penaltini qaytargan “oq bo‘rilar” posboni Abduvohid Ne’matov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  “Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zbekistondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. Muxlislarning yordami bilan ajoyib atmosferada to‘p tepdik, biroq ozroq omad yetishmadi.