calendar 15 Jul 15:20
eye 72
comments 0
comments Manba: xs.uz

Viktor Orban Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlariga Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha oʻz rejasini yetkazdi

image
Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Ukrainadagi mojaroni hal qilish boʻyicha tinchlik rejasi Yevropa Ittifoqini barcha davlatlari yetakchilarining stolida turibdi.

Bu haqda hukumat rahbarining siyosiy direktori Balaj Orban 'Magyar Nemzet' gazetasiga bergan intervyusida aytib oʻtdi. 'Vaziyatni real baholash, real maqsadlar va mos vaqt jadvali ' mana bizning yondashuvimiz nimaga asoslanadi', deya qoʻshimcha qilgan siyosatchi.

Rasmiyning soʻzlariga koʻra, Vengriyaning rolini ortiqcha baholamaslik lozim, ammo Orban ikki hafta ichida dunyoning aksariyat davlatlari yillar davomida kutgan bir nechta uchrashuvlarni oʻtkazishga muvaffaq boʻlganini eʼtibordan chetda qoldirmaslik kerak.

Balaj Orbanning taʼkidlashicha, Budapesht Yevropa Ittifoqiga raisligining butun davrini 'tinchlik muzokaralari uchun shart-sharoit yaratish uchun sarflaydi va siyosiy tashabbuslarni' koʻrib chiqadi.

'Vengriya bosh vaziri Yevropa Ittifoqi rahbarlariga oʻzining tashriflari haqida batafsil maʼlumot berdi. Bu safarlar juda muhim edi, chunki ayni damda mamlakatimiz urushayotgan tomonlar va eng muhim vositachi oʻyinchilar qanday fikrda ekani, turli manfaatlar oʻrtasida qanday manevr qilish mumkinligi haqida yangi va aniq maʼlumotlarga ega boʻlgan yagona davlatdir', deydi siyosatchi.

Uning soʻzlariga koʻra, agar Yevropa tinchlikka jiddiy yondashsa, u 'hech boʻlmaganda amalga oshirish imkoniyati minimal' boʻlgan rejani yaratishi mumkin.

Viktor Orban 5-iyul kuni Moskvaga keldi va Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Moskvaga tashrifni 2-iyul kuni Kiyevga safari bilan boshlangan tinchlik missiyasining navbatdagi bosqichi, deb atadi. Vengriya bosh vaziri Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan muzokara oʻtkazgandi.

Keyin Orban Pekinga tashrif buyurib, Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi. Shundan soʻng NATO sammitida qatnashish uchun Vashingtonga joʻnab ketdi va uning doirasida Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan muloqot qildi. Keyin esa Orban Floridada AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.

Xitoyga tashrifi ortidan Vengriya bosh vaziri Ukraina atrofidagi inqirozni mojaro tomonlari hal qilishi kerakligini, biroq uning tugashiga AQSH, Xitoy va Yevropa Ittifoqi hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishini aytgandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Orban muloqot uchun siyosiy irodasini namoyon etgan, Moskva buni juda ijobiy va foydali, deb hisoblaydi.

Yevropa diplomatiyasi tashqi siyosat rahbari Jozep Borrelning taʼkidlashicha, Vengriya Yevropa Ittifoqi Kengashiga olti oy rais boʻlganiga qaramay, Orban Yevropa Ittifoqiga tashqi maydonda vakillik qilmaydi va Rossiyaga tashrif buyurish uchun Yevropa mandatiga ega emas.

Orban Borrelning tanqidiga javoban Ukrainada tinchlik oʻrnatishga qaratilgan saʼy-harakatlar 'Bryussel byurokratlarining deliryumi (fikrlash va xatti-harakatlardagi keskin, toʻsatdan oʻzgarish)' tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
107
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

14 Aug 06:38
 
14
0
xs.uz

“Hizbulloh”ning zarbasi, Yaqin Sharqdagi shaylik va Zaporojyeda yongʻin (video)

AQSH Yaqin Sharqqa suvosti kemalarini joʻnatmoqdaAQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yaqin Sharqqa atom suvosti kemasini joʻnatib, tezroq yetib borishga buyruq berdi. Shuningdek, u 'Abraham Lincoln' samolyotlar tashuvchi kemasini yoʻnaltirishni tezlashtirishga chaqirgan. Samolyot bortida F-35 va F/A-18 qiruvchi samolyotlari borligi maʼlum. Bu harakat HAMAS va 'Hizbulloh' yetakchilarining oʻldirilishidan soʻng Eronning javobidan xavotirlar fonida amalga oshirildi.Avvalroq Pentagon Isroilni himo