calendar 15 Jul 12:03
eye 49
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bayden Putinni «qassob», Trampni esa «laycha» deya haqorat qildi

image
AQSH prezidenti Jo Bayden 24 soat ichida ikkinchi marta Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni haqorat qildi.

U Detroytdagi chiqishi chogʻida Vladimir Putin va prezidentlik saylovidagi raqibi Donald Trampga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni ishlatdi.

'Menga uzoq vaqtdan beri tanish boʻlgan oʻsha qassob Putin Ukrainaga bostirib kirganida, Tramp shunday degan edi. Men buni oʻylab topmayapman. U uni daho deb atagan, bu ajoyib boʻlganini aytgandi', dedi Bayden.

Bu Jo Baydenning soʻnggi 24 soat ichida ikkinchi bor Putinni haqorat qilishi hisoblanadi.

Yaqinda NATO sammitidan keyingi matbuot anjumanida u Rossiya rahbarini haqorat qilib, 'Yevropa eng chuqur va eng qadimgi qoʻrquvlari hayotga qaytdi, chunki aqldan ozgan qotil yurish boshladi' degandi.

Detroytdagi nutqida Bayden Trampni ham 'shirin' soʻzlari bilan siylab oʻtdi.

'Amerika Qoʻshma Shtatlarining oʻzini hurmat qiladigan biror prezidenti hech qachon bu odam kabi Putinning laychasi boʻla olmaydi', dedi Bayden.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 10:40
 
62
0
xs.uz

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi pandemiya xavfidan ogohlantirdi

Dunyoda har qanday vaqtda yangi pandemiya boshlanishi mumkin. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada pandemiyaning oldini olish boʻyicha kelishuv loyihasini ishlab chiqayotgan hukumatlararo muzokaralar organi (HMO) yigʻilishidagi nutqida ogohlantirdi.'Hozirgi [Parranda grippi] H5N1 epidemiyasi bizga eslatganidek, keyingi pandemiya har qanday vaqtda paydo boʻlishi mumkin', deydi JSST bosh direktori.U HMO tomonidan ishlab chiqilayotg

19 Jul 21:42
 
69
0
qalampir.uz

BMT sudi Isroilning turar-joy siyosatini xalqaro huquqqa zid deb topdi

Xalqaro sud Isroilning turar-joy siyosati xalqaro qonunlarga zid deb topdi. Bu haqda sud raisi Navaf Salom Falastin hududlari masalasi bo‘yicha maslahat xulosasini e’lon qilayotganida so‘z ochdi. Sud majlisida sudya maslahat xulosasini chiqarish uchun sud zarur yurisdiksiyaga ega ekanligini ta’kidladi va shu bilan Isroil va boshqa bir qancha davlatlarning masaladan voz kechish haqidagi so‘rovlarini rad etdi. Salomning qayd etishicha, Isroilning aholi punktlari faoliyati kengaymoq

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n