calendar 17 Jul 10:40
eye 65
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi pandemiya xavfidan ogohlantirdi

image
Dunyoda har qanday vaqtda yangi pandemiya boshlanishi mumkin. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada pandemiyaning oldini olish boʻyicha kelishuv loyihasini ishlab chiqayotgan hukumatlararo muzokaralar organi (HMO) yigʻilishidagi nutqida ogohlantirdi.

'Hozirgi [Parranda grippi] H5N1 epidemiyasi bizga eslatganidek, keyingi pandemiya har qanday vaqtda paydo boʻlishi mumkin', deydi JSST bosh direktori.

U HMO tomonidan ishlab chiqilayotgan hujjatni 'avlodlar kelishuvi', deb atadi va ushbu organ tomonidan olib borilayotgan ishlarning dolzarbligini taʼkidladi.

'Bu yil muzokaralarning yakunlanishi tarixiy voqea boʻladi', dedi Gebreyesus. Shu oʻrinda u 'nisbatan qisqa vaqt ichida hal qilinmagan masalalar boʻyicha konsensusga erishish mumkin' degan fikrni bildirdi.

HMO 16-17-iyul kunlari Jenevada oʻzining 10-yigʻilishi uchun yigʻildi. Ushbu organ avval rejalashtirilganidek, joriy yilning 77-Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasi (27-may ' 1-iyun)gacha pandemiya shartnomasi loyihasini yakunlay olmadi. Assambleya qarori bilan HMO vakolatlari bir yilga uzaytirildi. Hujjat ustidagi ish natijalari 2025-yilning may oyida boʻlib oʻtadigan 78-Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasida yoki 2024-yil oxirigacha boʻlib oʻtishi mumkin boʻlgan assambleyaning navbatdan tashqari sessiyasida sarhisob qilinishi kutilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 09:11
 
50
0
qalampir.uz

Bayden prezidentlik poygasidan chiqdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden bugun, 21 iyul kuni prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. “So‘nggi uch yarim yil ichida biz millat sifatida katta yutuqlarga erishdik. Bugungi kunda Amerika dunyodagi eng kuchli iqtisodiyotga ega. Biz millatimizni tiklash, keksalar uchun dori-darmonlar narxini pasaytirish va rekord darajadagi amerikaliklar uchun arzon tibbiy xizmatni kengaytirishga tarixiy sarmoya kiritdik. 

19 Jul 11:04
 
80
0
qalampir.uz

Erdo‘g‘an Tramp bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSHda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari ikki tomonlama munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid bildirdi. Bu haqda u AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp bilan telefon suhbatida ma’lum qildi. “Prezident Erdo‘g‘an noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSH prezidentlik saylovlari Amerika xalqiga foyda keltirishi va Turkiya-Amerika munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga umid bildirdi”,

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Putin Asad bilan uchrashdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 25 iyul kuni Kremlda Suriya Prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. “Sizni ko‘rganimdan juda xursandman. Biz uzoq vaqt davomida mintaqadagi bo‘layotgan muammolarni muhokama qila olmadik, endi muhokama qilish imkoniyatiga egamiz. Albatta, mintaqadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqidagi fikringiz meni juda qiziqtiradi. Afsuski, u yomonlashishga moyil, biz buni ko‘rib turibmiz. Bu to‘g‘rid

08 Sep 16:45
 
11
0
xs.uz

Turkiyada ilojsiz qolib ketgan 21 yoshli qiz Oʻzbekisatonga olib kelindi

Turkiyaning Istanbul shahrida chorasiz qolib ketgan oʻzbekistonlik 21 yoshli qiz Vatanga qaytarildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, u Istanbulga oʻz ammasining taklifi asosida ishlashga kelib, qiyin vaziyatda qolgan. Ikki kun koʻchada yashash joyisiz yurgan, Jizzax viloyatidan kelgan 21 yoshli fuqaroning vatanga qaytishi taʼminlangan.Aviachipta va boshqa toʻlovlar 'Xalqaro oʻzbek sanoatchilari, tadbirkorlar va ilm insonlari jam