calendar 15 Jul 12:03
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bolajonlar uchun bilim va tarbiya maskani

image


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-maydagi 'Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarorida bolalarni sogʻlomlashtirish oromgohlari bilan qamrab olish darajasini oshirish, maktab taʼtillari davrida boʻsh paytlarini mazmunli oʻtkazishini tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sogʻlomlashtirish ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilangan.

Mazkur qarorda mamlakatimizdagi bir qator bolalar oromgohlari bilan birga Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh tumanidagi 'Aydin jol' bolalar oromgohi kapital taʼmirlash, Nukus shahridagi 'Jetkinshek' bolalar oromgohi rekonstruksiya qilish masalalari nazarda tutilgan.



' Joriy yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 11 ta statsionar oromgohlarda joriy yoz mavsumida 6 smenada jami 7 ming 535 nafar bolalar dam olishi rejalashtirilgan, ' deydi Bolalarning dam olishini va sogʻlomlashtirishini tashkil etish Departamentning Qoraqalpogʻiston boshqarmasi boshligʻi Satbay Oteoʻliyev. ' Shundan 2 ming 625 nafar bola Kasaba uyushmalari hisobidan, 3000 nafari kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan oila farzandlari davlat byudjeti hisobidan, 1910 nafari hokimlik va homiy tashkilotlar hisobidan dam olishini taʼminlash belgilangan. Shuningdek, shahar va tumanlardagi taʼlim muassasalarida, bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 'Barkamol avlod markazi', 'Yoshlar markazi'larida tashkil etilgan 69 ta madaniyat va sport sogʻlomlashtirish maydonchalarida 16 ming 750 nafar bolalarni yozgi mavsumda dam olishini va sogʻlomlashtirishni tashkil etish rejalashtirilgan.

Bolalarni dam olishini va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish departamenti tomonidan barcha oromgohlarga taqdim etilgan 12 kunlik namunaviy dastur asosida madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari, bolalar oʻrtasida turli koʻngilochar kechalar tashkil etilib, faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanib borilmoqda.



Jumladan, 'Salom oromgoh' festivali, 'Zakovat' intellektual oʻyini, 'Sanʼat va isteʼdod kun', 'Harbiy Vatanparvarlik kuni' 'Ona tabiatni asrash kuni', 'Mohir qoʻllar kuni', 'Sport', 'Turizm', 'Xalqlar doʻstligi' kuni kabi tadbirlarda bolalar sanʼat xodimlari, harbiylar, hunarmandlar va boshqa sanaga aloqador xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Mazkur tadbirlar bolalarning mazmunli dam olishini taʼminlash bilan birga Vatanga, ayrim kasblarga muhabbatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, 15-22-iyun kunlari Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam olayotgan bolalar oʻrtasida 'Yoz oʻtmoqda soz!' shiori ostida madaniy tanlovning hududiy bosqichi oʻtkazilib, gʻoliblar respublika bosqichiga yoʻllanmalar oldi.



Bundan tashqari, 'Besh tashabbus' doirasida 'Iqtidoringni namoyon et' shiori ostida sanʼat yoʻnalishida erkin ijod tanlovi oʻtkazilmoqda. Bolalarga Vatanparvarlik ruhini singdirish, ular ongida maʼnaviy yuksak qadriyatlarimizni shakllantirish maqsadida 'Kitobxonlik', 'Biz yangi Oʻzbekiston farzandlarimiz' mavzusida savol-javoblar viktorinalari oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, oʻzlari oʻqigan kitoblari boʻyicha oʻtkazilayotgan tanlovlar bolalarda kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilayotir.

Soʻnggi yillarda Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan Moʻynoq tumanida juda koʻp yangi inshootlar qad rostladi. Ulardan tumanning 'Bozatau' OFY hududida barpo etilgan 'Oq kema' nomli zamonaviy bolalar sogʻlomlashtirish oromgohidir. Markazda bolalar yotoqxonalari barcha jihozlar bilan taʼminlangan. Futbol, basketbol, voleybol maydonchalari, suzish havzasi bolalar xizmatida. Stol tennisi, shaxmat-shashka oʻyinlari uchun maxsus joylar ajratilgan. Madaniy tadbirlarni tashkil qilish uchun amfiteatr, kutubxonalar mavjud. Tibbiyot xonalari, oshxona zamonaviy uskunalar bilan taʼminlangan.



' Bolajonlarning maroqli dam olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi 'Oq kema' oromgohi tarbiyachisi Guljahon Ismaylova. ' Bolalar xavfsizligi, salomatligi, bilim olishi uchun masʼul xodimlar biriktirilgan. Shifokor va pedagoglar bolalar salomatligini saqlash, bilimlarini oshirib borish ishlari bilan har kuni shugʻullanadilar.

Bolalarning ovqatlanishi, vaqtida dam olishi, turli xil toʻgaraklarni tashkil qilib bolalarning dam olishi maroqli oʻtkazishga harakat qilmoqdamiz.



Oromgohda tikish va toʻqimachilik, kompyuter, sport, rassomchilik, musiqa toʻgaraklari ishlab turibdi. Bolajonlar oʻzlari xohlagan toʻgaraklarda shugʻullanishadi yakunida esa, yoʻnalishlar boʻyicha tanlovlar oʻtkazilib, faol bolalar 'Faxriy yorliq' bilan taqdirlanadi.

Oromgoh kutubxonasida oʻzbek,qoraqalpoq, rus va boshqa chet tillaridagi adabiy, ertak kitoblar juda koʻp. Bolajonlar boʻsh paytida kitoblar oʻqib, bilimlarini oshirib boradilar. Shu bilan birga dam oluvchi bolalar oʻrtasida 'Men sevgan ertak qahramoni', 'Bilim ring', 'Zakovat' oʻyinlarida oʻtkazilib, gʻoliblar taqdirlanishi anʼanaga aylangan.



Shu bilan birga oromgohda 'Direktor kubogi'sport musobaqasi, 'Oromgoh malikasi', 'Oromgoh sultoni', 'Yoz simfoniyasi', 'Mening jonli ovozim', 'Raqslar guldastasi', 'Ertaklar olamiga sayohat', 'Tingla, uyla, oʻyna', 'Doʻstlik' raqslar tanlovi bolajonlarga oʻzgacha zavq bagʻishlamoqda.

Mazkur oromgohda Qoraqalpogʻistonning barcha tumanlaridan tashrif buyurgan bolajonlarni uchratish mumkin. Eʼtiborlisi, 'Oq kema' oromgohida tashkil etilayotgan tadbirlar bolalarni sogʻlomlashtirish va maroqli dam olishlarini taʼminlab qolmasdan, bolajonlar uchun bilim va tarbiya maskaniga aylanib ulgurgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 16:45
 
90
0
xs.uz

AQSHda 38 yoshli oʻzbekistonlik ayanchli YTH tufayli vafot etdi

Qayd etilishicha, Jamoliddin Tohirov 18 gʻildirakli 2022 Freightliner rusumli furani haydab ketayotib, nomaʼlum sabablarga koʻra ichki beton toʻsiqqa urilgan. Shundan soʻng qarama-qarshi yoʻnalishdagi barcha yoʻlaklardan oʻtib, tashqi himoya panjarasini ham yorib oʻtgan. Haydovchi voqea joyida vafot etgan. Uning jasadi mashina tashqarisidan topilgan. Taxminlarga koʻra, haydovchi oynadan otilib ketgan.Maʼlumot uchun, marhum Florida shtatining Orlando shahrida yashagan. Halokat yuzasida

26 Jul 17:11
 
60
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi tushdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 29 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 34,17 so‘mga pastladi va 12 599,83 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, yevro kursi ham 34,56 so‘mga arzonlab, 13 675,86 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham 0,84 so‘mga pastlab, 147,78 so‘mni tashkil etdi.

19 Jul 17:09
 
55
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi: sudya tergovchiga nisbatan xususiy ajrim chiqardi

Jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va uning sheriklariga oid ishni ko‘rgan sudya dastlabki tergovni olib borgan tergovchi ustidan xususiy ajrim chiqargan. Bu haqda sudda qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Tolibjon Obidovning ma’lum qilishicha, sud dastlabki tergov organi tomonidan tergovni olib borishda yo‘l qo‘ygan protsessual xatoliklar ustidan tergov

24 Aug 17:26
 
17
0
xs.uz

Yangi Oʻzbekiston armiyasi mardlik, fidoyilik, vatanparvarlik maktabi

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidanInsoniyat tamaddunining beshigi boʻlgan muqaddas Vatanimiz ayni kunlarda yangi davrga qadam qoʻyib, jahonda yangi Oʻzbekiston nomi bilan qayta boʻy koʻrsatmoqda. Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mard va oliyjanob xalqimiz iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda yangi marralarni koʻzlab, yangidan-yangi yutuqlarga erishmoqda. Oʻzining muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq qolib, xizmat burchini shar