calendar 15 Jul 12:03
eye 129
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

image
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tumanida olib borilgan tadbirlarda 'Qaratau' nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bergan.

Maʼlum boʻlishicha, IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Anhorli' mahallasida yashovchi A.D. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan.

Ushbu xonadondan 3 turdagi 'Qaratau' nomi ostida qoʻlbola usulda tayyorlangan 3 ming 566 dona alkogol mahsuloti, 7 ming 925 dona aksiz marka, 297 litr spirt, 125 litr antiseptik va ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

'Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda', deyiladi xabarda.

Avvalroq Ishtixon va Toyloqda 6 ming 754 dona qalbaki yorliqli alkogol mahsulotlari savdosi toʻxtatilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 12:15
 
72
0
qalampir.uz

Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga alohida kvota ajratiladigan bo‘ldi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi farmoyishida keltirilgan. Prezident farmoyishiga ko‘ra, endilikda davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda to‘plagan baliga nisbatan ma’lum miqdordagi qo

19 Jul 09:26
 
60
0
qalampir.uz

Endilikda avtomobil raqamlari tasodifiy tanlash yo‘li bilan beriladi

O‘zbekistonda 2024 yil 1 avgustdan boshlab avtomobillarga davlat raqamlari tasodifiy tarzda beriladi. Bu haqda kecha, 17 iyul kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida so‘z boradi.  Unda raqamlar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi “Davlar raqam belgilari” modulida avtomatik

26 Jul 10:20
 
29
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istondagi mudhish YTHda 8 kishi halok bo‘ldi (video)

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 22 iyul kuni soat 19:05 larda tumandagi “Yelabat PPJ” hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 891-892-kilometrida 1994 yilda tug‘ilgan, Qo‘ng‘irot tumanida yashagan M.N o‘zining La

19 Aug 07:03
 
11
0
xs.uz

Rossiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Rossiyaning Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida yashovchi oʻzbekistonliklarga zarurat boʻlmasa, koʻchaga chiqmaslik tavsiya qilindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bayonot berdi.Ushbu hududlarda tahsil olayotgan talabalarga vaqtincha masofaviy taʼlim formatiga (onlayn) oʻtish maslahat berildi.Taʼkidlanishicha, sizga konsullik yordami yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasining Konsullik boʻlimining Call-markaziga: +7 499 238-36-20; +7-4