Namanganda 2,3 mlrd soʻmlik elektrni oʻgʻirlagan shaxsga jinoiy ish qoʻzgʻatildi

Qayd etilishicha, 'Oʻzenergoinspeksiya' Namangan viloyati hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Tadbir davomida Norin tumanidagi 'Б.М.Ф.' MCHJ norasmiy rahbari Ш.У. jamiyatga qarashli gʻisht ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 2 mlrd 365 mln soʻmlik (2 mln 128 ming kVt/soat) elektr energiyasini oʻgʻirlagani aniqlangan.
Shu kabi Yangiqoʻrgʻon va Chortoq tumanlarida oʻtkazilgan tadbirda 'И.Н.' va 'Қ.А.' fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari yer maydonini sugʻorish uchun oʻrnatilgan suv inshootlarini tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan elektr tarmoqlariga ulab, jami 203,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani'maʼlum boʻlgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik), 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekistonliklar 2025-yilning dastlabki 3 oyida 6,8 million AQSH dollariga chet elga pomidor sotdi
2025-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston tomonidan 5 ming 869 tonna pomidor eksport qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qayd etilishicha, ushbu mahsulot eksportidan 6,8 million AQSH dollari miqdorida tushum kelib tushgan.Eksport qilingan pomidorlarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilgan. Uch oy davomida ushbu mamlakatga jami 5 ming 471 tonna pomidor eksport qilindi. Bu koʻrsatkich umumiy eksport hajmining mutlaq koʻp qismini tashkil etadi va Rossiya Oʻzbe
Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy
“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav
Yoshlarning “yashil” tashabbuslari butunjahon ekofaollari eʼtiborida
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Ekologiya himoyasiga oid tashabbuslar, xususan, yoshlarning fikr va takliflarini qoʻllab-quvvatlash bugungi kunning ushbu yoʻnalishdagi bir qator muammolariga yechim topishda yaqindan koʻmaklashishi bilan alohida diqqatga sazovor. Boisi tabiatni muhofaza qilish inson salomatligi, ertangi kuni, sogʻlom kelajagi uchun bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu maʼnoda, mamlakatimizda 2025-yil ' Atrof-muhitni asrash va 'yashil' iqtisodiyot yili deya eʼlon qilingani b