calendar 15 Jul 12:03
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Milliy tiklanish” raisi o‘rinbosari Alisher Qodirovning fikri noto‘g‘ri talqin qilinayotganini aytdi

image

Alisher Qodirov bir kun avval joylagan postida o‘lim jazosini tiklashni nazarda tutmagan, uning gaplari noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.  Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisining mafkuraviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mirodil Abdurahmonov aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qodirov og‘riqli bir holatga e’tibor qaratgan va o‘zi ham fikr-mulohazalarini ichki bir hayajon bilan qog‘ozga tushirgan. 

“Zotan, murg‘ak bolaga nisbatan bunday maxluqlikni boshqacha yondashuv bilan izohlab bo‘lmasdi. Ammo ko‘pchilik “Alisher Qodirov o‘lim jazosini qaytarish taklifini ilgari surdi” degan xulosani chiqarmoqda. Balki, Qodirovning xayolidan shunday fikr o‘tgandir ham. Ammo yuqoridagi xulosalar ko‘proq deputatning “murg‘ak bolaga vahshiylik qilgan inson yashamasligi kerak” degan fikri noto‘g‘ri talqin qilinayotganini anglatadi.

Bilamizki, Bosh Qomusimizda og‘ir jinoyat sodir etganlar umrbod qamoq jazosiga hukm etilishi belgilangan. Balki, Alisher Qodirov “yashamasligi kerak” iborasi bilan aynan shu moddani nazarda tutgandir. Yoki bundaylardan jamiyatni tozalash kerak deganda aynan ana shu modda xayoliga kelgan bo‘lishi mumkin!” deydi Mirodil Abdurahmonov.

Mirodil Abdurahmonov Alisher Qodirov va u yetakchilik qilayotgan partiyaning Konstitutsiyaviy islohotlar tashabbuskorlaridan biri bo‘lganini, referendum arafasida Alisher Qodirovning o‘zigina emas, butun boshli partiya ushbu moddani to‘la qo‘llab-quvvatlaganini anglatishini keltirib o‘tgan.

Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, Alisher Qodirovning og‘riqli mulohazalarini hatto Oliy Majlisdagi ayrim hamkasblari ham noto‘g‘ri tushungan.

“Nazarimda, har qanday holatda, hatto og‘riqli ehtiroslar toshib ketgan taqdirda ham fikr va mulohaza noto‘g‘ri tarjima qilinmasligi kerak. Agar A.Qodirov og‘ir jinoyatlarga nisbatan o‘lim jazosi qayta tiklanishi kerakligini aytmoqchi bo‘lganida, u bu fikrni yaltir-yultur qog‘ozlarga o‘rab o‘tirmay, shartta aytgan bo‘lardi. Har qalay, Alisher Qodirovning bunaqa masalalarda qat’iy ekanini izohlashga hojat bo‘lmasa kerak” deydi . “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisining mafkuraviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Alisher Qodirov Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan dahshatli voqea fonida begunoh go‘dakning umriga zomin bo‘lgan kimsalarning yashashga haqqi yo‘q, deya fikr bildirgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyev esa bunga javoban o‘lim jazosini tiklash kerak deganlarga Konstitutsiya kitobini sovg‘a qilishni tavsiya qilgandi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 12:08
 
61
0
xs.uz

Bitiruvchilarga diplom topshirildi

' Institutda tahsil olgan toʻrt yilni hayotimning eng baxtli onlari deb hisoblayman, ' deydi imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinib, pedagog degan sharafli nomga sazovor boʻlgan Fariza Amonboyeva. ' Taʼlim olish bilan birga, turli tanlov va fan olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdim Bugun oʻzimning Tomdi tumanidagi olis 'Chuqurquduq' qishlogʻimga qaytib, mamlakatimiz, Yurtboshimiz bildirgan ishonchni oʻz mehnatim bilan oqlayman.Bitiruvchilarga diplomlarni to

03 Sep 21:35
 
6
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bugun shiddatli hayotning oʻzi barchamizni yanada ulkan marralar sari daʼvat etmoqda

Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlidagi saʼy-harakatlari qatʼiy davom ettirilishini taʼkidladi. Bu haqda Prezident Oʻzbekiston mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirida soʻzlagan nutqi davomida aytib oʻtdi.Alohida kompaniyalarga berilgan monopol huquq va imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinib, barchaga teng huquqlar berilishi taʼminlanadi.Joriy yilda energetika, neft-gaz, suv xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, temir yoʻl va aeropo

26 Jul 10:20
 
38
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

26 Jul 18:22
 
83
0
qalampir.uz

Toshkentning ayrim ko‘chalarida suv toshdi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida suv quvurlari yorilishi oqibatida ko‘chalarga suv toshdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi. Uchtepa tuman hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Naimovga ko‘ra, voqea Shirin chorrahasida sodir bo‘lgan. Suv toshqiniga Shirin chorrahasidagi issiq suv quvurlarida yuzaga kelgan muammo sabab bo‘lgan.  “Ayni damda esa ushbu muammo to‘la bartaraf etildi”,