calendar 15 Jul 12:03
eye 107
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makedonskiy tangasini O‘zbekistondan olib ketishga uringan xitoylik to‘xtatib qolindi

image

Aleksandr Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani O‘zbekistondan olib ketishga uringan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 12 iyul kuni soat 01:05 atrofida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l sumkalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida uning yonidan bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, jami 1 dona taxminan miloddan avvalgi III asrda ishlab chiqarilgan Makedonskiy rasmi tushirilgan oq rangli metalldan yasalgan qadimiy tanga borligi aniqlangan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 1751 yilda Rossiya imperatori Pyotr I hukmronligi davrida Yekaterinburg zarbxonasida zarb etilgan qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo‘lganlar ushlangani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:22
 
15
0
xs.uz

“Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari qachon ishga tushadi?

'Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilingandi. Qarorga muvofiq, davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish doirasida 2024-yil yakunigacha 'Elektron poliklinika' va 'Elektron shifoxona' axborot tizimlari amaliyotga joriy etilishi maʼlum qilindi.Maʼlum boʻlishicha, davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda amaliyotga joriy qilinadi. Bundan tashqari, qaror bilan tibbiyot muassasas

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuriti

09 Oct 12:39
 
17
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvada oʻtayotgan MDH sammitida ishtirok etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Moskva shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.

08 Sep 16:44
 
24
0
xs.uz

Saylov jarayonlarini raqamlashtirish: xorij va Oʻzbekiston tajribasi

Sir emas, bugun demokratik jarayonlarni raqamlashtirish davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va fuqarolarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini oshirish yoʻlida muhim qadam hisoblanadi. Buni bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining saylov jarayoniga taʼsiri sezilarli darajada ortib borayotgani misolida ham buni kuzatish mumkin. Zero, soʻnggi davrda yurtimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yangi imkoniyatlaridan keng foydalanish boʻyicha ilgʻor tajr