calendar 15 Jul 12:03
eye 110
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijondagi Shaxrixonsoydan noma’lum qizning jasadi topildi (video)

image

Andijon viloyatida sel oqibatida odam vafot etgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari kapitan Hayotbek Rahimov bilan bog‘landi.

Ma’lum qilinishicha, haqiqatdan ham viloyatdagi Shaxrixonsoydan voyaga yetmagan qizning jasadi topilgan. Hozirda viloyat ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va O‘sh shahrida bugun, 14 iyul kuni kuchli sel kelishi kuzatilib, Toloykon qishlog‘i va “Bo‘riboy-ota” dam olish maskanida bozor va yo‘llar suvga to‘lgandi. Voqea joyiga 46 nafar qutqaruvchi yetib borgan va joylarda qolib ketgan 420 kishi evakuatsiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kuchli sel tufayli Andijon viloyatining Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida ko‘prik qulab tushgani haqida xabar berilgandi.  


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
17
0
xs.uz

Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi. Bu haqda'Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 8-oktyabr kuni soat 09:48 da yuz bergan. FVBga Guliston mahallasi hududidan oqib o'tuvchi Zang kanaliga shu atrofda yashovchi fuqaroning VAZ-2106 avtomashinasi tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va'asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan. Avto

24 Aug 17:26
 
29
0
xs.uz

Sanʼatkorlardan oʻqituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniVatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida keng koʻlamli islohotlarni samarali amalga oshirish, oʻzining yorqin isteʼdodi, koʻp qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidag

09 Oct 12:39
 
14
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga yetib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi.'Vnukovo' aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Ertaga, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat rahbarlari kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv o'tkazdilar.Tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, 'Ozarbayjon temir yo'llari', 'Alyat' erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalari rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.O'zbekiston Prezidenti ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ul