calendar 15 Jul 12:02
eye 46
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Al-Nasr” Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmoqchi

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi rahbariyati portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan yangi kelishuv 2026 yilgacha amal qiladi. Yangi shartnoma Ronalduning 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini oshiradi, chunki futbolchi mundialda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Shartnoma muddati tugagach, futbolchi professional faoliyatini yakunlamoqchi.

Ronaldu 39 yoshda, u 5 karra “Oltin to‘p” sohibi, 5 karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni, Millatlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi terma jamoalar, Yevropa chempionatlari, Yevropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. Futbolchi faoliyati davomida Ispaniyaning “Real Madrid” klubida klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangan.

Ronaldu 2022 yilning dekabrida “Al-Nasr”ga o‘tgan edi. Portugaliyalik hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 2023 yil avgust oyida Ronaldu “Al-Nasr” bilan Arab chempionlari kubogini qo‘lga kiritdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
17
0
xs.uz

“Real Madrid” 12 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Belarus futbolchisi Aleksey Mayorov 2012-yilda tugʻilgan va u 'Dinamo' klubining 1980-yillardagi yarim himoyachisi Aleksandr Kistenning nabirasi.Nashrga koʻra, LaLiga klubi 'Barselona' ham Mayorovni oʻz safiga qoʻshib olish niyatida boʻlgan. 'Barsa' klubi futbolchini qoʻshib olish uchun Kataloniya futbol federatsiyasi orqali taʼsir oʻtkazishga uringan. Shunga qaramay, Aleksey 'Real Madrid' akademiyasiga oʻtishni tanladi.Mayorov 'Real'ga qadar Ispaniyaning 'Serdanyola' jamoasida oʻynaga

22 Jul 16:54
 
52
0
qalampir.uz

Olimpiada bahslari uchun salkam 9 million chipta sotildi

Hozirga qadar Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga rekord miqdorda chiptalar sotildi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sport direktori Kit Makkonnell ma’lum qildi. “8,8 milliondan ortiq chiptalar sotildi – bu ajoyib ko‘rsatkich. Fransiyadagi sport musobaqalari uchun tarixdagi eng ko‘p chiptalar o‘z egasini topishi kutilmoqda”, deydi Makkonnell. Qayd etish joiz, bu borada oldingi rekord 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasiga tegishli edi. A

26 Jul 10:19
 
27
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

24 Aug 17:27
 
28
0
xs.uz

Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi

Germaniyaning 'Bavariya' klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Bu haqda Noyer oʻz qarorini 'Instagram' orqali maʼlum qilgan.Maʼlumki, Noyerning 2026-yilgi jahon chempionatida ham qatnashishi haqidagi xabarlar tarqalishi ortidan turli savollar paydo boʻla boshlagandi. Bundan tashqari, endilikda Noyer kuzda boʻlib oʻtadigan Millatlar Ligasi oʻyinlarida jamoa safida boʻlmaydi.Maʼlumot uchun, Manuel Noyer 2009-yildan buyon Germani