calendar 24 Aug 17:27
eye 28
comments 0
comments Manba: xs.uz

Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi

image
Germaniyaning 'Bavariya' klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Bu haqda Noyer oʻz qarorini 'Instagram' orqali maʼlum qilgan.

Maʼlumki, Noyerning 2026-yilgi jahon chempionatida ham qatnashishi haqidagi xabarlar tarqalishi ortidan turli savollar paydo boʻla boshlagandi. Bundan tashqari, endilikda Noyer kuzda boʻlib oʻtadigan Millatlar Ligasi oʻyinlarida jamoa safida boʻlmaydi.

Maʼlumot uchun, Manuel Noyer 2009-yildan buyon Germaniya terma jamoasi safida 124 ta oʻyin oʻtkazgan. Transfermarkt portalida berilgan maʼlumotlarga koʻra, 38 yoshli germaniyalik futbolchining bozor qiymati 4 million yevroni tashkil qiladi.

Qayd etish kerakki, barcha davrlarning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida eʼtirof etiladigan Manuel Noyer oʻz faoliyati davomida koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritgan. Jumladan, 'Bavariya' bilan bir necha marta Bundesliga chempionligi va Chempionlar Ligasi sovrinlariga ega chiqqan.

U oʻzining 'soʻnggi himoyachi' uslubi bilan darvozabonlar orasida inqilobiy oʻzgarishlar qila olgan. Noyer 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqqan va shu chempionatda Germaniya terma jamoasining ham asosiy figurasi boʻlgandi.

Avvalroq, 'Barselona'ning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi jamoa bilan shartnomani bekor qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi tennischisi e’lon qilindi

“Katta Dubulg‘a”ning 20 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, shveysariyalik Rojer Federer XXI asrning eng yaxshi tennischisi deb topildi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Nashr talqiniga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda “Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich qayd etilgan. Kuchli uchlikni 22 karra “Katta dubulg‘a” g‘olibi, ispaniyalik tennischi Rafael

27 Jul 16:02
 
70
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik hakamlar mezbonlar ishtirokidagi o‘yinni boshqarib boradi

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev Olimpiada o‘yinlari guruh bosqichi doirasidagi bahsda ish olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Tantashev boshchiligidagi brigada mezbon Fransiya va Gvineya o‘rtasidagi o‘yinda ishlaydi. Tantashev qanotlarda hamyurtlari Andrey Sapenko va Temur Gaynullin yordam beradi. “A” guruhidan o‘rin olgan Fransiya 1-turda AQSH vakillarini mag‘lub etgandi. Agar &l

03 Sep 21:36
 
30
0
xs.uz

Boburjon Omonov oltinchi oltin medalimizga mualliflik qildi — Fotoreportaj

Para yengil atletikachilarimizning navbatdagi medali uzoq kuttirmadi. F41 klassida yadro uloqtirish bellashuvlarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Boburjon Omonov oltin medalga sazovor boʻldi. Paralimpiya oʻyinlarining ikki karra chempioniga aylangan andijonlik sportchimiz 14.32 metr natija qayd etib, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻzi oʻrnatgan rekordni yangilashga erishdi.Ushbu muvaffaqiyatdan keyin delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 4 tadan kumush va bronzani

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo