calendar 22 Jul 16:54
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Olimpiada bahslari uchun salkam 9 million chipta sotildi

image

Hozirga qadar Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga rekord miqdorda chiptalar sotildi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) sport direktori Kit Makkonnell ma’lum qildi.

“8,8 milliondan ortiq chiptalar sotildi – bu ajoyib ko‘rsatkich. Fransiyadagi sport musobaqalari uchun tarixdagi eng ko‘p chiptalar o‘z egasini topishi kutilmoqda”, deydi Makkonnell.

Qayd etish joiz, bu borada oldingi rekord 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasiga tegishli edi. AQSHda o‘tkazilgan musobaqalar uchun 8,3 million chipta sotilgan.

Ma’lumot uchun, Parijda o‘tkaziladigan bahslar tarixdagi 33-Olimpiada hisoblanadi. Shahar o‘z tarixida 3-marta yozgi sport o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Bungacha 1900 va 1924 yillarda Olimpiada Fransiya poytaxtida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijdagi  Olimpiya shaharchasida alkogol ichish taqiqlanmagani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Sportchilar Olimpiya shaharchasida ovqat yetishmasligidan norozi bo‘lmoqda

Sportchilar Parij-2024 Olimpiya shaharchasida oziq-ovqat yetishmasligidan shikoyat qildi. Bu haqda “L'Equipe”  xabar berdi. Manbaga ko‘ra, tashkilotchilar iste’mol mahsulotlari hamma uchun yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun ba’zi turdagi oziq-ovqatlarni ratsionga kiritishlari kerak. Misol uchun, sportchilar tovuq tuxumining kamligi va boshqa ba’zi mahsulotlarni yetkazish tezligidan shikoyat qilmoqda. Olimpiya shaharchasida faoliyat yurituvchi “Sodexo

20 Jul 15:10
 
62
0
qalampir.uz

“Real” Raboni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabo Madridning “Real” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “La Gazzeta dello Sport” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga “qaymoqranglilar” hamon qiziqish bildirilmoqda. Hozirda Madrid klubidan Raboga taklif bor. Rabo 2012 yilda PSJdagi debyutini “Real”ning amaldagi ustozi Karlo Anchelotti qo‘l ostida o‘tkazgan. Adriyenga Italiyaning “Milan” klubi ham qiziqmoqda. &l

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

“Liverpul” sobiq “Real” a’zosi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor

“Real Sosedad”ning 23 yoshli vingeri Takefusa Kubo faoliyatini Angliyaning “Liverpul” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi Manbaga ko‘ra, ingliz klubi yaponiyalik futbolchining “Real Sosedad” bilan shartnomasida sotib olish variantini faollashtirishga tayyor, buning uchun “qizillar” rahbariyati allaqachon Kubo bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.  Qayd etilishicha, “Real

11 Aug 03:44
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik sportchi 42 kmlik marafonda finishga yetib kela olmadi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shohruh Davlatov 'Parij-2024' yozgi Olimpida oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.Erkaklar oʻrtasida 42 km 195 metr masofaga kechgan marafonda qatnashgan hamyurtimiz finishgacha yetib kela olmadi.Hamyurtimiz Shohruh Davlatov 30-kilometrdan soʻng oʻzini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishgac