calendar 15 Jul 12:02
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ajiotaj boshlandi. “Real” marketingi Mbappe futbolkalari sotuvida muammoga duch kelmoqda

image

Mbappe nomi yozilgan futbolkalarga talab shunchalik ko‘paydiki, “Real Madrid”ning marketing tizimi yetkazib berish kechikishi haqida muxlislarni oldindan ogohlantirmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kechikishlar to‘rt haftadan olti haftagacha bo‘lishi mumkin. “Real Madrid” mutasaddilari Mbappe nomi tushirilgan futbolkalarga bunchalik katta talab bo‘lishini kutmagan. Bunday holat faqat 2009 yilda Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”dan “Real”ga o‘tganida sodir bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappening rasmiy taqdimoti 16 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Fransiyalik hujumchining maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining sermahsulligiga qarab, unga qo‘shimcha bonuslar to‘lanadi. Mbappening tovon puli miqdori milliard yevroni tashkil qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
16
0
xs.uz

“Real Madrid” 12 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Belarus futbolchisi Aleksey Mayorov 2012-yilda tugʻilgan va u 'Dinamo' klubining 1980-yillardagi yarim himoyachisi Aleksandr Kistenning nabirasi.Nashrga koʻra, LaLiga klubi 'Barselona' ham Mayorovni oʻz safiga qoʻshib olish niyatida boʻlgan. 'Barsa' klubi futbolchini qoʻshib olish uchun Kataloniya futbol federatsiyasi orqali taʼsir oʻtkazishga uringan. Shunga qaramay, Aleksey 'Real Madrid' akademiyasiga oʻtishni tanladi.Mayorov 'Real'ga qadar Ispaniyaning 'Serdanyola' jamoasida oʻynaga

29 Jul 12:02
 
104
0
qalampir.uz

Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi

Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi. Bu O‘zbekistonning bu yilgi Olimpiadadagi dastlabki medaliga aylandi. Hali shu paytgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilardan hech kim bunday muvaffaqiyatga erishmagan. Hozirgacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Xilko bronza medalini qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi. Keldiyorova finalda k

26 Jul 18:09
 
65
0
qalampir.uz

Parij temiryo‘l tarmog‘iga zarar yetkazildi

Fransiyada Olimpiadaning ochilish kunida tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatildi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi. Fransiya temiryo‘llari milliy jamiyati tezyurar poyezdlar tarmog‘ini ishdan chiqarishga qaratilgan “katta hujum”ga uchradi. Fransiya Transport vaziri Patris Vergrite brifingda Atlantika, Shimoliy va Sharqiy yo‘nalishdagi tezyurar liniyalarda relslar yaqinida o‘t qo‘yish sodir bo‘lganini aytdi. “O‘t qo‘yish boshlandi, bu

26 Jul 10:21
 
72
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp