calendar 15 Jul 12:02
eye 99
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Madrimov-Krouford jangining promo-roligi e’lon qilindi (video)

image

Joriy yilning 3 avgust kunida o‘zbekistonlik professional bokschi, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA kamari sohibi Isroil Madrimov amerikalik mashhur charm qo‘lqop ustasi, P4P reytingi yetakchilaridan biri Terens Krouford bilan jang qiladi. Jang tashkilotchilari to‘qnashuvning promo-roligini e’lon qildi.

Promo-rolikda Krouford va Madrimovning janggacha bo‘lgan davrgacha bosib o‘tgan og‘ir va mashaqqatli yo‘llari ifoda etilgan. Rolikda Madrimov va Krouford jang qilayotgan vaqtda tanaffus e’lon qilinadi va ikki bokschi ham biroz xayol surib, bolalikdagi hayot tarzini eslaydi. Oiladagi qiyin davrlar va bokschi bo‘lgungacha qilgan mehnatlari har ikki charm qo‘lqop ustasining ko‘z oldidan o‘tadi. Nihoyat, tanaffus tugab, Madrimov va Krouford yana bir-birini zarbalar bilan “siylash”ni boshlaydi. 

Ma’lumot uchun,  Super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov 3 avgust kuni Kroufordga qarshi yarim o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, WBC va WBA kamarlari egasi yengilmas Terens Kroufordga qarshi o‘ziga tegishli WBA chempionlik kamari hamda birinchi o‘rta vaznda vakant, ya’ni egasiz bo‘lib turgan vaqtinchalik WBO kamari uchun jang qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Hasanboy Doʻsmatov 2, Murodjon Ahmadaliyev esa 3 pogʻona pastladi. Yangilangan WBO reytingida 7 nafar bokschimiz joy olgan

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi. Bu haqda tashkilot saytida koʻrish mumkin.Qayd etilishicha, reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan boʻlib, birgina yurtdoshimiz reyting yetakchisi boʻlib turibdi.Xabar berilishicha, Hasanboy Doʻsmatov (birinchi oʻta yengil vazn (48,8 kg): oʻtgan oydagidan 2 pogʻona pastlab, 10-oʻringa joylashgan boʻlsa, Olimjon Nazarov (oʻta yengil vazn toifasi ' 50,8 kg) oʻtgan oydagidan bir pogʻona yuqorilab, 4

09 Oct 12:40
 
11
0
xs.uz

Rasman: Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangi kimga va qachon oʻtishi aniq boʻldi

Oʻzbekistonlik mashhur bokschi Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi jangini 2-noyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi 'Theatre at Virgin Hotels' majmuasida oʻtkazadi.Ushbu jangda hamyurtimizga 'Golden Boy' promouterlik kompaniyasi hamrohlik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu oqshomda mazkur kompaniya bilan hamkorlik qiluvchi yagona oʻzbekistonlik bokschi ' Bektemir Meliqoʻziyevdir. Shu tariqa, Bektemirga amerik

09 Oct 12:37
 
17
0
postda.uz

Keyingi marra oltin, – deydi olimpiadaning bronza medali sohibi, safdor Muzaffar To‘raboyev

Alpomish avlodidan bo‘lgan asli boysunlik kurashchi Muzaffarbek To‘raboyevning ketma-ket erisha­yotgan muvaffaqiyatlarini ko‘rib, otasi – milliy kurash bo‘yicha O‘zbekiston va jahon chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Toshtemir Muhammadiyevning qalbi g‘urur va iftixorga to‘lgani shaksiz. Bolalik chog‘laridan mazkur sport turi bilan shug‘ullanib kelayotgan Muzaffarbek bugungi kungacha yurtimiz va xalqaro doiradagi turli musobaqala

09 Oct 12:37
 
17
0
postda.uz

SOG'LOM HAYOT UCHUN

Osoyishtalik posbonlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish hamda ularning xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini yanada kuchaytirish maqsadida IIV Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi bilan ham muntazam ravishda mashg'ulotlar olib borilmoqda.